Toşkent şahar xalq deputatlari kengaşining “Toşkent şahrini kökalamzorlaştiriş böyiça boş rejasini tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
2023-2027 yillarda Toşkent şahrini kökalamzorlaştiriş böyiça boş reja tasdiqlandi. Unga köra, har yili 7 mlnga yaqin mavsumiy gullar, 75 mingdan kam bölmagan miqdorda daraxt köçatlari va butalar ekilişi nazarda tutilmoqda.
Boş rejada yil yakuniga qadar yoğingarçilik mavsumlarida şahar hududlarida suv töplanişi va suv toşişi mumkin bölgan manzillar röyxatini aniq şakllantiriş va bartaraf qiliş çoralarini köriş nazarda tutilmoqda.
Quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
- 2024 yilga qadar poytaxt yaşillik darajasini 30 foizga yetkaziş;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga ta’siri böyiça I va II toifaga mansub bölgan korxonalari atmosfera havosini ifloslantiruvçi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past bölmagan çang va gazlarni tutib qoluvçi qurilmalarni örnatilişi nazorat qilişni yuklatiş;
- şahar va tumanlar markazlari köçalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini xatlovdan ötkazib, tarmoqlarni joriy ta’mirlaş va yangilaş çoralarini köriş;
- daraxtlarni zararkunanda haşarotlardan saqlab qoliş uçun çet ellik mutaxassislarni jalb etiş;
- 2022-2024 yillarda şahardan ötadigan kanallar (62 km qismi) qirğoq böylarini obodonlaştiriş, kanallar qirğoqlarini mustahkamlaş, kökalamzorlaştiriş va sayilgohlar taşkil etiş.

















