Rajab Toyyib Erdöğan Özbekistonda bölib ötgan ŞHT sammitida Rossiya prezidenti bilan uçraşganidan söng, Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni imkon qadar tezroq tugatişni xohlaydi, degan xulosaga keldi.
«Özbekistonda Putin bilan keng kölamli muzokaralar ötkazdik. U menga buni imkon qadar tezroq tugatişga tayyor ekanligini aytdi. Bu mening taassurotim, çunki vaziyat juda muammoli rivojlanmoqda», dedi u Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida.
Erdöğanning sözlariga köra, u «bu jangni tinçlik bilan yakunlaş»ga intilmoqda.
«Bu insonlar halok bölişiga olib kelgan mojaro. Odamlar ölmoqda va oxir-oqibat heç kim ğalaba qozona olmaydi», deya qöşimça qildi u.
Turkiya rahbari, şuningdek, Moskva va Kiyev 200 nafar asirni almaşiş böyiça kelişuvga erişganini aytdi.














