Finlandiyada rossiyaliklarning mamlakatga kirişiga çeklov milliy qonunçilik darajasida kiritilişi mumkin. Tegişli taklif bilan adliya kansleri Tuomas Peyusti çiqdi, deb xabar berdi 19 sentabr, duşanba kuni Finlandiyaning STT axborot agentligi. «Finlandiya milliy sanksiya qonunçiligini örganişi va körib çiqişi kerak, buning asosida mamlakatga kiriş ham çeklanişi mumkin», dedi u.
Ayni paytda, Finlandiya Taşqi işlar vazirligi rossiyaliklar uçun turistik vizalarning töliq töxtatilişi yoki Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirişini butunlay taqiqlaş Yevropa ittifoqi qonunçiligiga zid böladi, degan fikrda. Ayni paytda, Peyusti ma’lum bir mamlakatdan kelganlar uçun umumiy çeklovlarni kiritiş istisno holatlarda mumkin, deb hisoblaydi.
Hukumat tomonidan tegişli taklif kiritilsa, xususan, bu boradagi milliy qonunçilikni özgartiriş mumkin böladi. Şu bilan birga, Yevropa ittifoqi darajasidagi qaror Finlandiyada amalga oşiriş uçun eng samarali va eng osoni böladi, deb hisoblaydi Peyusti.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida bir qator Ğarb davlatlari Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirişiga çeklovlar kiritdi. Şu tariqa, Estoniya, Litva, Latviya va Polşa 19 sentabrdan boşlab rossiyalik sayyohlarning, şu jumladan boşqa davlatlar tomonidan berilgan Şengen vizasiga ega bölganlarning kirişiga taqiq joriy qildi.












