Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev videokonferensiya aloqasi vositasida OTB ma’murçilik va korporativ boşqaruv böyiça vitse–prezidenti Bryus Gosper bilan muloqot ötkazdi.
Suhbat davomida Özbekiston va OTB örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik hozirgi holati va uni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
OTB rahbariyati tomonidan Özbekiston iqtisodiyoti turli tarmoqlarida xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni kengaytiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Loyihalar joriy portfeli infratuzilma qurilişi, energetika, uy-joy kommunal xöjaligi, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi sohasidagi 3,7 milliard dollarlik 24 ta loyihadan iborat ekani qayd etildi.
OTB 2022-2024 yillarga möljallangan suğurta operatsiyalari böyiça biznes-rejasi doirasida 2,8 milliard dollarlik 27 ta loyihani birgalikda amalga oşiriş töğrisida kelişuvga erişildi. Bu yil 274 million dollarlik 1 ta investitsiya loyihasi böyiça şartnoma imzolandi hamda ipoteka bozori sektorini rivojlantiriş va budjetni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan umumiy qiymati 650 million dollarlik 2 ta loyiha böyiça muzokaralar yakunlandi.
Mazkur loyihalar böyiça bitimlarni joriy yil oxirigaça imzolaş böyiça çora-tadbirlar körişga kelişib olindi.











