Bu yilgi lotereyada 119 262 ariza beruvçi ğolib sifatida röyxatga olindi va ular 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 30 sentabrgaça öz mamlakatidagi AQŞ elçixonasiga viza böyiça intervyuga çaqiriladi. Ularning 55 ming nafariga AQŞ vizasi beriladi. Ba’zi manbalarga köra, bu raqam oşişi ham mumkin, çunki Jo Bayden grin-karta ğoliblari sonini 80 mingtagaça oşiriş kerakligini aytgandi.

Grin-karta ğoliblari soni böyiça Özbekiston bu gal ham doimgidek yuqori örinlarda qayd etildi. DV-2023 Green Card Lottery böyiça eng köp ğolib Misrda qayd etilgan – 5 529 nafar. 5 526 nafar fuqarosi ğolib bölgan Jazoir ikkinçi örinda. Röyxatda 5 511 nafar ğolib bilan Özbekiston uçinçi örinda.

Keyingi örinlarda mos ravişda Eron (5 506), Rossiya (5 505), Sudan (4 863), Marokaş (4 469), Kongo (4 385), Ukraina va Nepal (bir xil 3 808 nafardan) hamda Armaniston (3 525) qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlarida ham köp sonli fuqarolar grin-karta lotereyasida ğolib bölgan: Qozoğiston (1 978), Qirğiziston (2 846), Tojikiston (2 485), Turkmaniston (555).

Ma’lumot uçun, grin-karta lotereyasi AQŞda 1990 yilgi immigratsiya töğrisidagi qonunga asosan işlab çiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya ğoliblari AQŞda yaşaş va işlaş huquqini beruvçi vizaga ega böladi. Lotereyani ötkaziş, ğoliblarni aniqlaş va ularga viza beriş bilan Davlat departamenti şuğullanadi.

Har yili 55 mingta vizaga ega çiqiş uçun butun dunyo böylab 20 milliondan köproq odam ariza topşiradi. Odatda ğolib sifatida qayd etilgan ariza beruvçilarning 50 foizdan köproği viza böyiça intervyudan ötgan taqdirdagina grin-karta vizasiga ega böladi.

Grin-karta vizasini qölga kiritganlar lotereyada iştirok etiş uçun ariza berayotganda öz oila a’zolarini ham röyxatdan ötkazgan bölsa, ularni ham AQŞga olib ketiş huquqiga ega böladi.