Germaniya kansleri Olaf Şols 20 sentabr, seşanba kuni Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasida sözlagan nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni imperialistik intilişlarda aybladi.
Şolsning sözlariga köra, «Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqinçilik uruşi heç qanday tarzda oqlanmaydi. Prezident Putin buni «öz taqdirini özi belgilaş va siyosiy mustaqillik» kabi qadriyatlardan qat’i nazar, faqat Ukrainani egallab oliş maqsadida olib bormoqda». «Buning uçun faqat bitta söz bor: oçiq imperializm», dedi kansler.
Şolsning ta’kidlaşiça, BMTga a’zo davlatlar «kuçli qurollangan yadroviy kuç - qöşimça ravişda Birlaşgan millatlar taşkilotining asosçilaridan biri - zöravonlik çegaralarini bosib ötişni xohlaganida qöl qovuştirib ötirmaydi». U xalqaro hamjamiyatni BMT nizomining maqsadlari va asosiy qoidalarini himoya qilişga çaqirdi.
Olaf Şols BMT Boş assambleyasi iştirokçilariga murojaat qilar ekan, ularni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşda ğalaba qozonişiga yöl qöymaslikka çaqirdi. Xalqaro hamjamiyat Rossiya buyurgan şartlar asosida tinçlik bitimini qabul qila olmaydi, deya işonç bildiradi Germaniya kansleri. «Şuning uçun Ukraina Rossiya hujumini qaytarişga qodir bölişi kerak. Biz bunda Ukrainani bor kuçimiz bilan qöllab-quvvatlaymiz: moliyaviy, iqtisodiy, gumanitar, şuningdek, qurol-yaroğ bilan», - deb işontirdi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari.
Bundan taşqari, Olaf Şols öz nutqida Buyuk Britaniya, Xitoy, AQŞ va Fransiya bilan bir qatorda Rossiya ham doimiy a’zolaridan biri bölgan BMT Xavfsizlik kengaşini isloh qilişga çaqirdi.
Kanslerning sözlariga köra, qoidalar va institutlar «XXI asr voqeliklariga» muvofiqlaştirilişi kerak va BMT islohotidan söng, boşqa mamlakatlarga, «birinçi navbatda, global janub davlatlari»ga ham Xavfsizlik kengaşida iştirok etişga ruxsat berilişi kerak. «Germaniya ham mas’uliyatning ortib borayotgan uluşini öz zimmasiga olişga tayyor - avvaliga doimiy bölmagan, keyinroq BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zosi sifatida», deya xulosa qildi kansler.
Bundan taşqari, Şols multilateralizmni - köplab yangi inqirozlar tahdidiga uçragan dunyodagi biznes va savdo munosabatlarining köp qutbli tizimini qöllab-quvvatladi. Nemis rahbarining fikriça, «millatçilik va izolyatsionizm davr çaqiriqlariga javob berişga qodir emas».
«Köproq hamkorlik, köproq şeriklik, köproq iştirok etiş - bu iqlim özgarişiga yoki global soğliq uçun xavflarga, inflatsiya va ta’minot zanjirlarining uzilişiga qarşi kuraş böladimi yoki qoçqinlar va migratsiya muammosiga munosabatda böladimi, yagona oqilona javobdir», dedi Olaf Şols Nyu-Yorkda.
Avvalroq Boş assambleya doirasidagi global oziq-ovqat xavfsizligi sammitida nutq sözlagan Olaf Şols «Rossiyaning agressiv uruşi köp qirrali global inqirozni keltirib çiqargani va kuçaytirgani», bu oçlik va töyib ovqatlanmaslik tahdidini yuzaga keltirganini ta’kidlagandi.
«Keyingi yil energiya taşuvçilar va öğit narxining kötarilişi hisobga olinsa, bundan ham yomon bölişi mumkin», deb ogohlantirdi kansler va «hayotlarni saqlab qoliş uçun» çoralar körişga çaqirdi.












