Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning hisoblaşiça, Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganini Kreml Ukrainaga bosqin muvaffaqiyatsizlikka uçraganini tan olişi sifatida baholaş mumkin.
«Putin va uning mudofaa vaziri yomon qurollangan va yomon tayyorlangan ön minglab fuqarolarini ölimga yölladi. Heç qanday tahdid va tarğibot Ukraina bu uruşda ğalaba qozonayotgani, xalqaro hamjamiyat birlaşgani va Rossiya global quvğindiga aylanayotganini yaşira olmaydi», — deyiladi Uollesning Reuters agentligi keltirgan bayonotida.
Vladimir Putin Rossiyada 21 sentabr kuni «qisman safarbarlik» e’lon qildi. Hukumat zaxiradagilardan 300 ming kişini safarbar qilişni rejalaştirmoqda. Birinçi galda armiyada harbiy xizmatni ötab, zaxirada qoliş uçun şartnoma tuzganlar, keyin — zaxiradagilar çaqirilişi taxmin qilinmoqda. Hozirça RF hukumati safarbarlikning aniq parametrlarini oşkor etmadi.
Buyuk Britaniya — uruşda Ukrainani faol qöllayotgan davlatlardan biridir. Britaniya hukumati Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib bermoqda, moliyaviy va moddiy yordam körsatmoqda, şuningdek, Ukrainaga bosqinga javoban Rossiyaga qarşi bir qança sanksiyalar paketini qabul qilgan.











