Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «qisman safarbarlik» töğrisidagi e’loni, Britaniya Mudofaa vazirligiga köra, Rossiya Ukrainada jang qilişga tayyor köngillilar zaxirasini tugatganini amalda tan olganlikdir. «Hatto bu qisman safarbarlik Rossiya aholisining bir qismiga juda yoqmasligi mumkin. Putin juda zarur bölgan jangovar kuçni yaratiş umidida katta siyosiy tavakkalçilikka boryapti», — deb yozdi idora 22 sentabr, payşanba kuni Twitter’da.
Uning fikriça, safarbarlik doirasida 300 ming kişini yollaş bilan ham, Rossiya hukumati moddiy-texnik va ma’muriy muammolarga duç keladi. Katta ehtimol bilan ular safarbarlikka çaqirilganlardan yangi tuzilmalar yaratişga harakat qiladi, biroq askarlar bir neça oy davomida jangovar şay holatga kelişi dargumon, deb yozadi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Öz navbatida, Amerika uruşini örganiş instituti (ISW) fikriça, Putinning safarbarlik haqidagi bayonoti Rossiya frontdagi muvaffaqiyatsizliklar fonida duç kelayotgan köplab muammolarni aks ettiradi, ammo ularni yaqin kelajakda hal qilib bölmaydi. Tahlilçilarga köra, Putinning buyruği «yaqin oylarda Rossiyada qudratli jangovar kuç paydo bölişini anglatmaydi».
«Bu 2023 yilda Rossiya qurolli kuçlari sonining hozirgi darajasini Rossiya yöqotişlarini qoplaş orqali uşlab turiş uçun yetarli bölişi mumkin, ammo bu ham hali aniq emas», - deyiladi ma’lumotda. Şu tariqa, Rossiyadagi safarbarlik Ukrainani qişda bosib olingan hududi katta qismini ozod qiliş imkoniyatidan mahrum qilmaydi, dedi şarh mualliflari.
21 sentabr kuni ertalab Putin mamlakat fuqarolariga murojaat bilan çiqib, «vatan va yaxlitlikni himoya qiliş» uçun qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Şu bilan birga, u özini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar, şuningdek, Xarkiv va Zaporijjya oblastlari okkupatsion hokimiyatining Rossiya tarkibiga qöşiliş uçun referendum ötkaziş töğrisidagi qaroriga işora qildi. Tegişli farmon allaqaçon imzolangan, Federal majlis palatalari qaror haqida xabardor qilingan va bugun safarbarlik boşlanadi, dedi Putin.
«Harbiy xizmatga faqat zaxiradagi va birinçi navbatda qurolli kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötagan, ma’lum harbiy mutaxassislik va tegişli tajribaga ega bölgan fuqarolargina çaqiriladi. Harbiy xizmatga çaqirilganlar qismlarga jönatilgunga qadar qöşimça harbiy tayyorgarlikdan ötkaziladi», — deya qöşimça qildi u. Öz navbatida, mudofaa vaziri Sergey Şoygu safarbarlik doirasida 300 ming zaxiradagi askar çaqirilişini aytdi.
Şundan söng, «Vesna» yoşlar demokratik harakati rossiyaliklarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarşi butun mamlakat böylab norozilik namoyişiga çiqişga çaqirdi. «Minglab rus erkaklari - otalarimiz, ukalarimiz va erlarimiz uruş göşt maydalagiçiga taşlanadi. Ular nima uçun öladi? Onalar va bolalar nima uçun köz yoşlarini tökadi? Putin saroyi uçunmi?» - deb yozgan faollar.













