Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 10 avgust kuni soat 23:00 lar atrofida Yakkabog‘ tumanidagi Istiqlol dehqon bozori yaqinida sodir bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, o‘sha kuni Yakkabog‘ tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bozor atrofidagi obektlarni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lgan. Bu vaqtda unga erkak kishi yaqinlashgan va ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Mojaroga nima sabab bo‘lgani keltirilmagan.
Kun.uz manbasining aytishicha, hokim o‘rinbosari bilan janjal qilgan erkak mast holatda bo‘lgan.
Natijada, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ikki nafar mojaro ishtirokchisiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish tuman sudiga yuborilgan.











