RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi. Rossiyaliklarga murojaatida Putin 21 sentabrdan boşlab «faqat zaxiradagilar», birinçi navbatda, harbiy xizmat ötagan, harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bölgan fuqarolar safarbar etilişini ma’lum qildi. Uning aytişiça, safarbarlik böyiça çaqirilgan rossiyaliklar şartnoma böyiça xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarga taalluqli bölgan «maqom, tölovlar va barça ijtimoiy kafolatlar»ni oladi.

Putin qisman safarbarlik töğrisidagi farmonini imzolagan. Hujjatda çaqiruv faqat zaxiradagi harbiy xizmatçilarga taalluqli bölişi körsatilmagan. Farmonda harbiy xizmatdan böşaş uçun asoslar sanab ötilgan: bu ma’lum yoşdan ötgan böliş, soğliqdagi muammo va sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum bölganlik. Şuningdek, hujjatda harbiy sanoat majmuasi xodimlari uçun muddatli harbiy xizmat ötaş keçiktirilişi mumkinligi aytilgan. Farmonda bitta yopiq band bor — № 7. Kreml saytida e’lon qilingan hujjat matnida bu band oşkor etilmagan, huquqiy ma’lumotlar portalida taqdim etilgan versiyada esa «ma’muriy foydalanişi uçun» deb belgilangan. Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bu band haqida ma’lumot bera olmasligini aytib, bu çaqiriluvçilar soni böyiça ekanini qöşimça qila olişini ta’kidladi.

«Agora» asosçisi Pavel Çikov farmonni tahlil qilgan holda, dastlab armiyada xizmat qilganlar va zaxirada qoliş uçun şartnoma tuzganlar, keyin esa zaxirada bölgan barça erkaklar çaqirilişini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, RF mudofaa vazirligi Rossiyaning har bir hududi uçun safarbarlik kvotalarini şakllantirişi kerak va gubernatorlar buning ijrosi uçun mas’ul böladi.

RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu qisman safarbarlik «zaxiradagi 300 ming kişini qamrab olişi»ni aytdi. «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida Şoygu Rossiyaning «ulkan safarbarlik resursi» mavjudligi — bu qariyb 25 million kişini taşkil etişini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, qisman safarbarlik jami resurslarning  1,1 foiziga taalluqli böladi. Uning qayd etişiça, talabalar va muddatli harbiy xizmatni ötayotganlar safarbarlikka tortilmaydi. Vazirning sözlariga köra, qisman safarbarlik birinçi navbatda front çiziği yaqinidagi hududlarni nazorat qiliş uçun taşkillaştirilmoqda. 

Davlat dumasining mudofaa masalalari böyiça qömitasi a’zosi, general-leytenant Andrey Gurulev «Interfaks»ga aytişiça, qisman safarbarlik 50 yoşgaça bölgan zaxiradagilarni qamrab olişi mumkin.