Rossiya böylab prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarşi namoyişlar çoğida 39 ta şaharda kamida 1307 kişi qölga olindi, deb xabar berdi OVD-Info loyihasi 22 sentabr, payşanba kuni. Huquq himoyaçilari qölga olinganlar röyxatini e’lon qilib, gap faqat özlari bilgan va ismlarini aytişlari mumkin bölgan odamlar haqida ketayotganini ta’kidladi.

Faqatgina Moskvada «OVD-Info» kamida 527 kişi uşlanganidan xabardor, Sankt-Peterburgda - 480, Yekaterinburgda - 46, Permda - 30, Çelyabinskda - 26, Ufada - 23, Krasnoyarskda - 19, Voronejda - 16, Krasnodarda - 14., Tver - 13, Saratov - 12, Kaliningrad va Ryazan - 11, Petrozavodsk va Irkutsk - 9, Arxangelsk va Tula - 8, Korolev va Novosibirsk - 6, Ulan-Ude - 4.

«Idel.Realii» naşri xabariga köra, Samarada namoyişçilar töplangan maydon yaqinida aravaçasi va ikki bolasi bilan ketayotgan ayol qölga olingan. «Politsiya xodimlari qölga olingani sababini aytişdan boş tortdi. Qölida bolasi bor ayolni avtozakka olib ketişdi», - deydi jurnalistlar. OAV yozişiça, Moskva va Sankt-Peterburgda xavfsizlik kuçlari qölga oliş çoğida öta şafqatsizlik körsatgan. Xususan, Sankt-Peterburgda namoyişçilarni uşlaş vaqtida dubinkalar bilan kaltaklaşgan. 

Bundan taşqari, jurnalistlar va huquq himoyaçilariga köra, Moskvada Ukrainadagi uruşga safarbarlikka qarşi namoyişlarda qölga olinganlar bir qismi politsiya bölimlarida harbiy komissarlikka çaqiruv qoğozi olgan. «Yabloko» partiyasi a’zosi Kirill Gonçarov ijtimoiy tarmoqlarda Mojaysk tumani politsiya bölimida qölga olinganlardan biriga topşirilgan çaqiruv qoğozi suratini e’lon qildi. Sokolinaya gora tumani böyiça içki işlar bölimida uşlanganlardan birining rafiqasi Mediazona naşriga harbiy komissar çaqiruv qoğozini eriga şaxsan özi topşirganini aytdi. 

«OVD-Info»ning yozişiça, çaqiruv qoğozlari qölga olinganlarga Sokolinaya Gora, Lyublino, Izmaylovo, Yujnoye Tuşino, Gagarinskoye va Prospekt Vernadskiy tumanlaridagi içki işlar bölimida topşirilgan. Huquq himoyaçilariga köra, qölga olinganlardan kamida bittasiga çaqiruv qoğozini imzolaşdan boş tortgani uçun jinoiy iş qözğatilişi bilan tahdid qilingan. Bundan taşqari, OVD-Info 23 sentabr kuni Voronejda qölga olingan namoyişçilarga harbiy komissarlikka çaqiruv qoğozi berilgani haqida xabar qildi. 

21 sentabr kuni ertalab Putin mamlakat fuqarolariga murojaat bilan çiqib, «vatan va yaxlitlikni himoya qiliş» uçun qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Şu bilan birga, u özini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar, şuningdek, Xarkiv va Zaporijjya oblastlari okkupatsion hokimiyatining Rossiya tarkibiga qöşiliş uçun referendum ötkaziş töğrisidagi qaroriga işora qildi. Tegişli farmon allaqaçon imzolangan, Federal majlis palatalari qaror haqida xabardor qilingan va bugun safarbarlik boşlanadi, dedi Putin.