Korzinka.uz supermarketlar tarmoği rahbari Zafar Hoşimov Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengaşi a’zosi Kirill Kabanovning Markaziy Osiyoda tuğilgan Rossiya fuqarolarini majburiy harbiy xizmatga jalb etiş, boş tortganlarni fuqarolikdan mahrum etiş borasida taklif tayyorlanayotgani töğrisidagi çiqişiga munosabat bildirdi.

«Rossiyada Tönğizov (tarjima meniki — Z.H.) degan amaldor sönggi ön yilda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelib, Rossiyada pasport olgan fuqarolarning barçasini uruşga safarbar qiliş, magar ular qarşilik körsatadigan bölsa, nafaqat özlari, balki oila a’zolari bilan birga hammasini yana Rossiya fuqaroligidan çiqarib yuboriş töğrisida hujjat tayyorlanayotgani haqida xabar beribdi.

Yana nima emiş, bu çora Örta Osiyo mamlakatlari, ya’ni Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston hukumatlari öz fuqarolarini uruşda qatnaşmaslik haqida ogohlantirgani, hamda uruşga yollaniş bu mamlakatlar qonunlariga muvofiq jinoyat hisoblanişi haqida eslatganlariga javoban tatbiq qilinadigan çora bölar ekan.

Bundan çiqib keladigan quyidagi xulosalar:

- Rossiyaning bu kabi amaldorlari bizning mustaqilligimiz, qonunlarimiz va mamlakatimizning öz fuqarolarini muhofaza qiliş huquqini mensimasligini anglatadi;

- Ular uruşga birinçilar qatorida ayni boşqa millat, ya’ni Rossiyaning içida yaşovçi özga millat vakillarini safarbar qilişga urinişlari;

- Garçi ön yillab u yerda yaşab, işlaşsa-da, u yerda uy-joy qilib, oila, bola-çaqalari bilan fuqarolik olişga erişsalar-da, Rossiyada bu vatandoşlarimiz baribir ikkinçi tabaqali fuqaro, ya’ni ayni huquqsiz fuqaro bölib qolaverişini, ulardan va oila a’zolaridan qiyin erişilgan bu fuqarolik osongina qayta olib qöyilişi mumkinligini anglatadi;

- Vatandoşlarimizning inson huquqlari, qolaversa, hattoki hayoti ham bu kabi kimsalar uçun mutlaqo qadrsizligini anglatadi.

Lekin, bu masalaning boşqa bir tarafi ham bor, u ham bölsa, bugungi kunda öşa minnat qilinayotgan Rossiya pasportining deyarli qadri qolmayapti. Ruslarning özi vatanidan qoçiş harakatida-ku?!