Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida ekspertlar guruhi tuziladi
O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari o‘rinbosari Ummon savdo, sanoat va investitsiyalarni targ‘ib qilish vaziri bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Ummon savdo, sanoat va investitsiyalarni targ‘ib qilish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni rivojlantirish bugungi kun muhim mavzusi ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzish va tomonlar manfaatlariga birdek javob beradigan loyihalarni o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqishni muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar Ummon biznes vakillari O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish yuzasidan yakdil fikr bildirildi.
Mavzuga oid
09:02 / 07.02.2026
Ummon: AQSh va Eron o‘rtasidagi “yadroviy” muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
09:33 / 04.11.2025
O‘zbekiston–Ummon: ta’limda qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yiladi
09:03 / 13.09.2025