BMT Boş assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Özbekiston va Birlaşgan Arab Amirliklari taşqi siyosat idoralari rahbarlari Vladimir Norov va Abdulla bin Zoid Ol Nahayon örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlik dolzarb masalalari joy oldi. Oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosi jarayoni körib çiqildi.

Xalqaro institutlar doirasida hamda «Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi - Markaziy Osiyo» formatida sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga e’tibor qaratildi. Vladimir Norov Birlaşgan Arab Amirliklarini 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bölib ötgan ŞHT sammitida Şanhay hamkorlik taşkiloti muloqot böyiça şerigi maqomini olgani bilan tabrikladi.

Özbekiston va BAA örtasida tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, havo orqali yuk taşişni yölga qöyiş, özaro imtiyozlar beriş masalalari muhokama qilindi. Mamlakatdan BAA bozoriga qişloq xöjaligi, metallurgiya, töqimaçilik mahsulotlari yetkazib berişni taşkil etiş, transport va konsalting xizmatlari körsatiş böyiça takliflar körib çiqildi.