Otalik şunday mas’uliyatki, boşingga taşviş tuşganda köz öngingda eng avval bolalaring gavdalanadi. Ularning taqdiri, hali yoşligi haqida öylay boşlaysan. Öz joningdan ham avval xayolingga keladigani — bolalarim kelajagi nima böladi?
Dilşod aka ham jigar sirrozi ekanligini bilganida bolalarining otasiz qolişidan xavotirga tuşadi.
“Soğliğimni yöqotganimda eng katta boyligimni yöqotganimni angladim. Çunki mening soğliğim ortida bolalarim taqdiri turibdi. Öğillarimni öqitaman, yurtga nafi tegadigan inson qilaman, degan niyatlarim bor edi. Farzandlarimning otasiz qolişidan qörqyapman. Boşiga tuşganlargina otasizlik nima ekanligini tuşunadi...”, deydi Dilşod aka ökinç bilan.
Avto maktabda instruktor bölib işlab, oilasini boqib yurgan Dilşod akaning çap qöli, qorni işib ketadi. Analiz natijalari yurakka yaqin joyda tromb borligini körsatadi. Ammo bu hammasi emas ekan. UZI tekşiruvida jigarining sirrozga uçragani ma’lum böladi.
“Oddiy oilada katta bölganman. Rözğordan orttirib, yiğinib olgan maşinam bor edi. Bitta maşina puli yetsa kerak, deb öylagandim. Şuni sotib Turkiyaga davolangani ketdim. Lekin adaşgan ekanman. Şifokor hali yoş ekansan, jigaringni aliştirmasa bölmaydi deb aytdi. Özbekistonga qaytib keldim. Menda operatsiyaga yetarli pul yöq edi. Işlaş, bir kilodan oğir yuk kötariş mumkin emas. Jigarlarimning boriga şukur, rözğorimizga yordamlaşib turişibdi. Ukam donorlik qilişga rozi. Otamning özi oğir kasal. Hozir operatsiyaga yetarli mablağni yiğolmayapmiz”, deydi bemor ilojsizlikdan yiğlab.
Bemorga yordam qiliş, uning tuzalişiga sababçi böliş savob. Bu orqali ikki bolani otasizlik azobiga duçor bölişdan qutqariş ikki karra savob. Qurbingiz yetsa, bir insonning hayotini asrab qolişga öz hissangizni qöşing!
Dilşod Bahromovga oid ma’lumotlar:
Yunionpay: 6262 5700 2544 8103 bemor Dilşod Bahromov nomida
Viza: 4187 8000 0067 1388 bemor Dilşod Bahromov nomida
Manzil: Toşkent şahri Olmazor tumani, Çiğatoy darvoza, Xöjalik köçasi, 25 uy.












