21–22 sentabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya çegara punktlarida, asosan Gruziya, Qozoğiston, Möğuliston va Finlandiya bilan çegarada avtomobil tirbandliklari yuzaga kelgani aks etgan köplab videoyozuvlar hamda suratlar tarqaldi. OAV va telegram-kanallar buni RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan 21 sentabr kuni e’lon qilingan safarbarlik bilan boğlamoqda. Çegarada avval ham köp kilometrlik navbatlar kuzatilgan, ammo sönggi kunlarda bu muammoli holatga aylandi.

Gruziya

Rossiya va Gruziya örtasidagi «Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punkti orqali 22 sentabr kuni soat 12:00 holatiga 10 soatda ötiş mumkin bölgan, gruziyalik bloger Nikolay Levşitsning aytişiça, 21 sentabr kuni bu muddat uç soatni taşkil etayotgandi. «Exo Kavkaza» («Ozodlik radiosi» loyihasi) «Verxniy Lars»da avtomobillar tirbandligi aks etgan videolarni tarqatdi.

Çegarani avtomobilda kesib ötiş köp vaqt oladi, piyoda kesib ötiş esa mumkin emas, şu tufayli rossiyaliklar bu iş uçun samokatlar sotib olişmoqda.

Şimoliy Osetiya FVV 22 sentabr kuni «nazorat-ötkaziş punktlari ştat rejimida işlayotgani»ni ma’lum qildi.

Qozoğiston

Guvohlarning suratlariga köra, Orenburg oblastidagi «Maştakovo» punktida ham (Samaradan 190 kilometr masofada) köp kilometrlarga çözilgan navbatlar yuzaga kelgan. Köplab odamlar çegaragaça taksida yetib olişmoqda va çegaradan piyoda ötişmoqda. Tolyattida yaşovçi rossiyalik Qozoğistonning «Moy gorod» naşriga bergan intervyusida «safarbarlik e’lon qilinişi bilanoq» mamlakatdan ketişga qaror qilgani haqida aytgan. Çelyabinsk oblastidagi «Bugristoye» punktida ham navbatlar yuzaga kelgan, bu haqda BBC rus xizmatiga çegaradan ötib kelgan rossiyaliklardan biri aytib bergan. Uning sözlariga köra, asosan yoş yigitlar ötirgan 100 dan ortiq avtomobilni körganini aytgan.

23 sentabr kuni Qozoğiston çegara xizmati Rossiya bilan çegarada respublika hududida kirib keluvçi xorijliklar soni keskin oşgani va qator nazorat-ötkaziş punktlarida transport va yölovçilar oqimi oşganini ma’lum qildi.

Möğuliston

Videoyozuvlarga köra Buryatiyadagi «Kyaxta» çegara punktida ham navbatlar hosil bölgan. «Kyaxta» Irkutskdan 520 kilometr, Ulan-Udedan 230 kilometr masofada joylaşgan. 21 sentabr kuni kunduzi «Kyaxta» telegram-kanali Rossiya-Möğuliston çegarasida «katta ajiotaj kuzatilayotgani» töğrisida xabar berdi. 22 sentabr kuni Möğuliston TIV bu çegara ötiş joyida navbatlar yöqligi, nazorat-ötkaziş punkti odatiy rejimda işlayotganini ma’lum qildi.