Finlandiya yaqin orada Rossiyadan kelgan sayyohlar, şu jumladan boşqa Şengen davlatlaridan vizaga ega bölganlar uçun mamlakatga taşrif buyurişni taqiqlaydi. Finlandiya hukumati taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça vazirlar mahkamasidagi muhokamadan söng şunday qarorga keldi va «yaqin kunlarda» u mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlanadi, deb xabar berdi Yle naşri 23 sentabr, juma kuni Finlandiya taşqi işlar vaziri Pekka Haavistoga tayanib. 

Finlandiya TIV rahbarining sözlariga köra, Rossiya fuqarolari mamlakatga faqat insonparvarlik, öqiş, işlaş va qarindoşlarinikiga boriş bilan boğliq holda taşrif buyurişi mumkin böladi. Rossiyaliklarga, agar ular uşbu mamlakat tomonidan berilgan Şengen vizasi bilan Yevropa ittifoqi boşqa davlatiga «tranzitda» bölsa ham, kirişga ruxsat etilmaydi. Şu bilan birga, çegaraçilar Rossiya fuqarolariga ilgari bergan köp martalik Finlandiya vizalarini bekor qilişlari mumkin böladi. 

Bundan taşqari, mamlakatda köçmas mulkka ega bölgan rossiyaliklarga Finlandiyaga kirişga ruxsat beriladigan qoidalar kuçaytiriladi. Amaldorning qayd etişiça, ruslar viza oliş uçun Finlandiya köçmas mulkini «birlaştirib» sotib olişgan, ammo yangi çora-tadbirlar bu usul bilan kuraşişga qaratilgan. 

Haavisto ta’kidlaşiça, Polşa, Latviya, Litva va Estoniya 19 sentabr kuni rossiyalik sayyohlarning kirişini taqiqlaganidan söng, Finlandiya va Norvegiya Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasi oçiq bölgan Yevropa ittifoqi va Şengenning yagona a’zolariga aylandi, şuning uçun Finlandiya rossiyalik sayyohlar uçun «tranzit mamlakat»ga aylaniş xavfi bor. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda safarbarlik e’lon qilgani sababli rossiyaliklarning çetga çiqib ketişi oqimi ham ortdi. Finlandiya çegara xizmati ma’lumotlariga köra, 23 sentabr kuni Rossiyada çiqiş reyslari uçun aviaçiptalar tanqisligi yuzaga kelganidan söng, Rossiya-Finlandiya çegarasida Rossiyadan çiqib ketişni xohlovçilarning bir yarim kilometrlik navbati paydo bölgan. 

Garçi Yevropa ittifoqining ba’zi davlatlari safarbarlik va Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişdan qoçgan Rossiya fuqarolariga gumanitar vizalar beriş ğoyasini qöllab-quvvatlamasa-da, bir qator nemis siyosatçilari ularga boşpana berişni taklif qilişdi. 

Biroq, taşabbus mualliflari qator tegişli nyuanslarni keltirdi. Birinçidan, harbiy xizmatdan qoçganlardan çaqiruv yoki harbiy guvohnoma kabi harbiy xizmatga çaqiriliş yoki dezertirlik faktini tasdiqlovçi hujjat taqdim etiş talab qilinadi. Ikkinçidan, Germaniya nuqtayi nazaridan xavfsiz bölgan mamlakatlar (butun Yevropa ittifoqini öz içiga oladi) orqali Germaniyaga kirgan boşpana izlovçilar u yerda himoya söraş tavsiyasi bilan uşbu mamlakatlarga qaytarilişi mumkin.