Qonunçilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan “Ekologiya va jamoat tartibini saqlaş sohalaridagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bağişlangan seminar ötkazildi.

Ta’kidlanganidek, aholining tinç va osoyişta hayotini ta’minlaş, jamiyatda jamoat tartibini saqlaş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça vujudga kelayotgan muammolar atrof-muhitni muhofaza qiliş tizimini yangi darajaga kötariş hamda mas’ul davlat organlari jamoat tartibini saqlaş böyiça vazifa va vakolatlarini qayta körib çiqişni taqozo etmoqda.

Prezident raisligida 2021 yil 24 avgust kuni ötkazilgan yiğilişda içki işlar organlari tizimida ekologiya sohasida nazoratni amalga oşiruvçi ixtisoslaştirilgan bölinmalarini taşkil etiş hamda ular zimmasiga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar, daraxtlarni ruxsatsiz kesiş, brakonerlik, çiqindilarni noqonuniy taşlaş kabi holatlarga qarşi kuraşiş vazifalarini yuklatişni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş topşiriği berilgan edi.

Tadbir davomida Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ekologiya qömitasi mas’ul xodimlari tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş böyiça olib borilayotgan amaliy işlari töğrisida axborot berildi.

Mutasaddilar aytişiça, uşbu qonun loyihasi içki işlar organlari va Milliy gvardiya bölinmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiatdan foydalaniş va jamoat xavfsizligini ta’minlaşga doir vakolatlarini kengaytiriş, uşbu sohadagi ma’muriy huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarşi kuraşiş tizimini samarali taşkil etiş tartibini belgilaydi.

Yiğilişda deputatlar hujjatning bugungi kundagi ahamiyati va zaruratini e’tiborga olib, uni yanada takomillaştiriş böyiça bir qator takliflarni ilgari surişdi. Qömitada qonun loyihasini takomillaştiriş işlari davom etmoqda.