
Özbekiston va ESKATO "Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yölagi texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişdi.
Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida Osiyo va Tinç okeani uçun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Çobahor porti orqali "Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yölagini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan Özbekiston va Hindiston savdo aylanmasi barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yölagi texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.
Mazkur yölak yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni taşkil etişi mumkin bölgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston örtasidagi özaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot yetkazib beriş uzluksizligini ta’minlaşga ham qaratilgan.











