Qozoğiston taşqi işlar vazirligi Rossiyadan mamlakatga kelayotgan fuqarolar soni ösişi sababli qator qozoğistonliklarning xavotirlanişi bilan boğliq vaziyat yuzasidan tuşuntiriş berdi.

Qayd etilişiça, Qozoğiston-Rossiya hamkorligi hamişa yuqori darajadagi işonç va konstruktiv yondaşuvlar bilan ajralib turgan. Hozirgi vaziyatda Qozoğiston Respublikasi davlat organlari amaldagi qonunçilik va xalqaro şartnomalarga asoslanadi, deyiladi vazirlik izohida. 

«Atrofdagi har qanday murakkab geosiyosiy vaziyatda milliy xavfsizlik ustuvorligidan kelib çiqamiz. Atrofdagi turbulentlik şaroitida davlatimiz barqarorligi jiddiy sinovdan ötmoqda. Har qanday keskin bayonot yoki harakat murakkab vaziyatda istalmagan ta’sirni keltirib çiqarişi mumkin», - deb ta’kidlagan vazirlik. 

Qozoğiston taşqi işlar vazirligining bildirişiça, mamlakat infratuzilmasi migratsiya bilan boğliq hozirgi holatni nisbatan oğriqsiz ötkaziş imkonini beradi.                              

«Mavjud vaziyat monitoring qilinmoqda va jiddiy xatarlar yuzaga kelganida xalqaro huquq va milliy qonunçilikdan kelib çiqqan holda tegişli çoralar köriladi», - deyiladi taşqi işlar vazirligi izohida.