Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazdi.

Hukumatdagi manbalarga köra, tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda prezident tomonidan agrosanoat majmui böyiça qöyilgan vazifalar hal qilinmayotgani, ijro intizomini ta’minlaş masalalari körib çiqilgan.

Hokimlar va boşqa rahbarlar klasterlar işiga aralaşmasligi, ma’muriy bosim ötkazmasligi, balki birlamçi e’tiborini majburiy mehnatga yöl qöymaslik, kambağallikni qisqartiriş, mahallalarda turmuş şaroitlarini va infratuzilmani yaxşilaş, tadbirkorlik, ayniqsa kiçik va oilaviy biznesni qöllab-quvvatlaşga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilişga qaratişi şartligi haqida qat’iy ogohlantirilgan.

Eslatib ötamiz, şu hafta Kun.uz qişloq xöjaligi sohasiga ma’muriy aralaşuvlar davom etayotgani haqida ikki material e’lon qilgandi: