Donbassda avtomatlar bilan referendum, Rossiyada yiği ostidagi safarbarlik. Uruş suratlari
|19:53 / 25.09.202242 1648 min
24 sentabr kuni Rossiyada uruş va safarbarlikka qarşi yangi mitinglar ötkazildi. Moskva, Peterburg, Irkutsk, Tomsk, Novosibirsk, Perm, Ijyevsk, Ulan-Udeda namoyişga çiqqanlar qölga olindi — butun mamlakat böylab ularning soni 800 kişiga yetadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning Rossiya istilosi ostidagi aholisini safarbarlikdan qoçişga çaqirdi. Bir neça manbalar Vladimir Putin 30 sentabr kuni Federal kengaşga murojaat qilişi, şundan keyin Ukrainaning bosib olingan hududlari RF tarkibiga qöşib olinişi böyiça kelişuv imzolanişi haqida xabar berişdi.
Quyida 23-24 sentabr kunlari Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgan Xarkiv oblasti
Xarkiv oblastining Velikaya Kamyşevaxa qişloği yaqinidagi yakson bölgan avtomobil. Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv va Xerson oblastlarida boşlangan keng kölamli qarşi hujumlar natijasida sentabr oyi örtalarida uşbu qişloqni ozod etişgan
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETAUkrainalik askarlar Xarkiv oblastidagi front çiziğidagi pozitsiyasida şaşka öynaşmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETAUkrainalik harbiy ayol Kupyanskdagi navbatçilik vaqtida. Şahar sentabr oyi örtalarida ukrain kuçlari tomonidan ozod etildi. Rossiya bu yerni uruş boşidan buyon egallab turgandi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAXarkiv oblastining Izyum şahri yaqinida rossiyaliklarning yakson bölgan zirhli transportyori gusenitsasini (ğildirak vazifasini ötovçi keng zanjir tasma) öz maşinasiga yuklayotgan ukrain harbiylari. Izyum aprel oyi boşida Rossiya qöşini tomonidan bosib olingandi, Ukraina qurolli kuçlari sentabr oyida şaharni qaytarib olişdi. Izyum rasmiylari rossiya kuçlari ketgaç, şahar uçun janglar vaqtida va şahar rossiyaliklar istilosi ostida bölgan davrda tinç aholi vakillaridan kamida ming kişi halok bölganini ma’lum qildi — öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmasligi oqibatida vafot etganlardan taşqari.
Mavzuga oid
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti Lipsi posyolkasida rossiyaliklar öz bazasi sifatida foydalangan bolalar boğçasi. «Bu bizning yerimiz. Şunday bölgan va şunday bölib qoladi. Bu yerda heç qanday „rus dunyosi“ bölmaydi. Biz Ukrainaning har bir şahri va qişloğidan bosqinçilarni haydab çiqaramiz», — deyilgan sentabr oyi örtalaridagi qarşi hujum davomida Lipsi hamda unga qöşni bölgan Streleçya va Glubokoye posyolkalarini ozod etgan 247-alohida batalon bayonotida.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Politsiyaçi Lipsida RF qöşinlari tomonidan baza örnida foydalanilgan bolalar boğçasi yertölasini közdan keçirmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Çerkasskiye Tişki qişloğida yaşagan 58 yoşli Nikolayning qabri. Mahalliy aholi vakillariga köra, u istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan öldirilgan. Ukrainaning Xarkiv oblastidagi aholi yaşaş manzillari ozod etilgaç, jasadlarni eksgumatsiya qiliş jarayoni boşlandi. Foto: Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Oskol daryosi orqali ötgan köprik böylab ötayotgan kupyanskliklar, ularning fonida qora tutun kötarilgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastining Çuguyiv rayonidagi qoçqinlar. Oblastning şarqiy hududlarida janglar davom etmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi Lebyajye qişloğida yaşovçi ayol 22 sentabr kuni BMT yetkazgan gumanitar yordamni olib qaytmoqda. Har biri 12 kilogramm oğirlikda bölgan qutilarda bir kişiga bir oyga yetişi mumkin bölgan oziq-ovqat mahsulotlari bor. Ukrain qöşinlari qarşi hujum boşlagan sentabr oyigaça Lebyajye front çiziğida joylaşgandi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kupyanskdan evakuatsiya bölişni kutayotgan ukrain ayollari. Yarim yildan ortiq vaqt RF istilosi ostida yaşagan şaharda hamon janglar davom etmoqda. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuçlarining minomyot rasçyoti Kupyansk köçasidan turib öt oçmoqda. Şaharning katta qismi ozod etilgan, ammo uning atrofida hamon janglar davom etmoqda. Foto: Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
«Uragan» baravar öt oçiş reaktiv tizimidan otilgan raketa parçasi Xarktv va Donetsk oblastlari çegarasidagi Dolina qişloği dalasida. Slovyanskdan şimolda joylaşgan uşbu qişloq atrofida bir neça oydan buyon şiddatli janglar keçayotgandi. 10 sentabrga ötar keçasi Rossiya armiyasi qurşovga tuşiş xavfi ostida bu hududdan çekindi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Bosib olingan hududlardagi «referendum»lar
Sayyor saylov komissiyasi vakili qurollangan harbiy hamrohligida Donetsk şahri aholisidan byulletenlarni töldirmoqda, odamlar «DXR»ning RF tarkibiga kirişi böyiça tanlovini bildirişi kerak. «Referendumlar» 23-27 sentabr kunlari «DXR», «LXR», şuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining RF armiyasi bosib ötgan hududlarida ötkazilmoqda.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Luhanskdagi odamlar «LXR»ning Rossiyaga qöşilişi borasidagi «referendum»da ovoz bermoqda.
EPA / Scanpix / LETA
«LXR» «Markaziy saylov komissiyasi» raisi Yelena Kravçenko Luhanskdagi brifing çoğida. Kravçenko agar «Kiyev tomonidan heç qanday tajovuz kuzatilmasa» saylovda davomat 80 foizdan kam bölmasligini prognoz qilmoqda.
EPA / Scanpix / LETA
Nova Kaxovkada Xerson oblasti Rossiyaga qöşilişi böyiça «referendum» ötkazayotgan sayyor saylov uçastkasi. Foto: TASS
Donetsk oblasti vakillari, saylov komissiyasi a’zolari va qurollangan harbiylar «Rossiyaga qöşiliş böyiça referendum» ötayotgan uçastkada.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyada safarbarlik
Moskvada safarbarlikka qarşi namoyişga çiqqanlarni qölga oliş jarayoni.
Mixail Tereşçenko / TASS
Moskvada safarbar qilinganlar Tsaritsino rayonidagi harbiy komissariat binosi oldida. Foto: «Moskva» agentligi
Safarbar qilinganlarning qarindoşlari Ivanovedagi harbiy komissariat binosi oldida. Yoqutiston va Sevastopol rahbarlari Aysen Nikolayev va Mixail Razvozjayev hamda Magadan va Vladimir oblastlari gubernatorlari Sergey Nosov va Aleksandr safarbarlik kampaniyasini tanqid qilib çiqişdi, ular ayrim fuqarolar «xatolik bilan» çaqirilayotganini aytişgan. Şuningdek, Saratov, Volgograd va Nijyegorod oblastlarida va Buryatiyada uruşga noqonuniy safarbar qilinganlar uyiga qaytgani haqida xabar qilişgan. Bu holatlar OAVda çiqqanidan keyin natija bölgan. Foto: Vladimir Smirnov / TASS
Volgogradda safarbar qilingan kişi harbiy komissariat binosi darvozasi oldida farzandini kötarib turibdi. Uning yonida onasi va boşqa oila a’zolari. Foto: AP / Scanpix / LETA
Volgogradda safarbar qilinganlardan biri harbiy komissariat oldidagi avtobus oynasi orqali onasi bilan xayrlaşmoqda.
AP / Scanpix / LETA
Navbatçi Volgogradda safarbar qilinib, harbiy komissariatda röyxatdan ötiş uçun navbatda turganlarning tana haroratini ölçamoqda.
AP / Scanpix / LETA
Volgogradda safarbar qilinganlarni çöqintirayotgan pop.
AP / Scanpix / LETA
Volgogradda safarbar qilinganlar harbiy komissariat binosi oldida.
Dmitriy Rogulin / TASS
Ukrainlarning Donetsk oblastidagi qarşi hujumi
Slovyansk yaqinidagi Bogorodiçnoye qişloğidagi vayrongarçiliklar.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Bogorodiçnoye qişloğida ketayotgan ukrain harbiysi. Bu qişloq bir neça oydan buyon front çiziğida qolmoqda, Rossiya armiyasi 10 sentabr kuni uşbu qişloq atrofidan şoşilgança çekindi. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA