Nyu-York şahrida Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov Singapur taşqi işlar vaziri Vivian Balakrişnan bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar salohiyatini inobatga olgan holda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda Özbekiston-Singapur muloqotini jadallaştiriş istiqbollari muhokama qilindi. Rejalaştirilgan tadbirlar jadvali, ular taşkiliy va mazmunli jihatlari böyiça fikr almaşildi.
Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantiriş maqsadida "aqlli" şaharlar, "yaşil" va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, IT-texnologiyalarni jalb qiliş, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, turizm almaşinuviga kömaklaşiş böyiça loyihalarni amalga oşiriş masalalarini örganiş taklif etildi.
Gumanitar yönalişda ta’lim, davlat xizmatçilari malakasini oşiriş, kadrlarni birgalikda tayyorlaş sohalarida tajriba almaşinuvni yölga qöyiş hamda ikki mamlakat tahliliy markazlari bilan aloqalarni mustahkamlaş uçun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.












