Toşkent–Janubiy temiryöl vokzalidan jönayotgan poyezd poytaxtda yana ikkita bekatda töxtab ötadi – Toşkent-Markaziy vokzalida va Salar stansiyasida. Yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Toşkentdagi «Toşşahartransxizmat» va Çirçiq şahridagi ixtisoslaştirilgan taşkilotlar bilan elektropoyezdlar kelişi va jönaş jadvaliga şahar transportining qulay yönalişlarini taşkil etiş böyiça qöşma işlar amalga oşirilgan.

Hozirda tezyurar poyezdlar har şanba va yakşanba kunlari qatnaydi. Yaqin kelajakda yangi va zamonaviy elektropoyezdlar sotib olingandan söng, qatnovlar soni köpayadi va şahar atrofidagi elektropoyezdlar iş kunlari ham yölovçilarga xizmat körsatişi aytilgan. 

Berlinda bölib ötgan «Innotrans-2022» xalqaro körgazmasida «Özbekiston temir yöllari» vakillari Ispaniya, Şveytsariya, Çexiya, Polşa, Germaniya, Xitoy va boşqa bir qator mamlakatlar korxonalari bilan elektropoyezdlar sotib oliş masalasida muzokaralar olib bordi.