Bu hududda uylarning egalariga tantanali ravişda topşirilgani haqida 2017 yilda Kun.uz’da xabar ham bergan edik.

Bugungi kunga kelib Sariosiyo tumanida mazkur uylarda istiqomat qilayotgan nogironlar şu muddat içida ular istiqomat qilayotgan uylarga tabiiy gaz ötkazib berilmaganidan şikoyat qilib kelişmoqda. Holbuki, ular bu uylarga köçib kirişayotganda gaz ta’minoti ham bölişi va’da qilingan.

Murojaatçilardan biri Marhabo Sattorovaning hikoya qilişiça, öşanda ularni şoşilinç ravişda bu uylarga kiritişgan. Uyning suvoği nam bölgan, keyinçalik yorilib, köçib ularga bir qator taşvişlar keltirgan. Eng muhimi, öşanda rahbarlar uylar sekin-asta tabiiy gaz bilan ta’minlanişini ham va’da qilişgan.

Marhabo Sattorova

Biroq ular 5 yildan buyon gazsizlikdan, ayniqsa, qiş faslida qiynalişmoqda. Köçalarga yoritiş çiroqlari ham ötkazilmagan. Nogiron insonlar bu hol ularga tunda harakatlanişda bir qator noqulayliklar keltirib çiqarişayotganini hikoya qilişdi.

Ular bu borada tegişli taşkilotlarga tinimsiz murojaat qilib kelişmoqda. Biroq masalaning ijobiy hal qilinişi uçun mas’ul bölgan «Hududgazta’minot»ning viloyat va tuman bölimlaridan kelayotgan javob xatlarida bu manzil tabiiy gaz ta’minoti tanqis bölgan hududlar sirasiga kirişi asosiy vaj qilib körsatilmoqda.

Mahallada istiqomat qiluvçilarning aytişlariça, tuman markazidagi qöşni Afrosiyob mahallasigaça tabiiy gaz tortib kelinmoqda. Quvurgaça şu joydan 400 metr masofa bor, xolos.