AZIA METALL PROF Samarqand metallurgiya zavodida rux va polimer bilan qoplangan po‘lat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirmoqda
AZIA METALL PROF Samarqand metallurgiya zavodi hududida rux bilan qoplangan po‘lat ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida yangi majmua ish boshlaydi. Ushbu loyiha doirasida sovuq o‘ramali metalldan tortib, rux bilan qoplangan va polimer bilan qoplangan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan uskuna hamda jihozlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Sovuq o‘ramali po‘lat mahsulotlari ishlab chiqarishning keyingi bosqichida yiliga 800 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan ikkinchi sovuq o‘ramalash zavodini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, u metallni yig‘ish liniyalari bilan birgalikda yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari uchun metallga (yiliga 300 ming tonna) ishlov beruvchi yangi pech o‘rnatiladi, bu nafaqat mahsulot sifatini oshirish, balki xaridorlar safini kengaytirish imkonini beradi.
Yiliga 300 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi po‘latni rux bilan issiq qoplash uskunasi va po‘latni polimer bilan qoplash uskunasi (yiliga 250 ming tonna) ishga tushiriladi. Yangi asbob-uskunalar o‘rnatilishi natijasida 0,18 mm dan 0,8 mm gacha qalinlikdagi rux va polimer bilan qoplangan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, yangi po‘latni rux bilan issiq qoplash uskunasi ishga tushirilishi bilan kompaniya bozorga rux qoplamasi 275 g/m2 gacha bo‘lgan mahsulotlar va kristallangan naqshli tunuka mahsulotlarini yetkazib beradi.
Ayni paytda majmuaning poydevorini qurish ishlari boshlandi. 2023 yil fevral oyidan boshlab Xitoydan kerakli uskunalar yetkazib berish amalga oshiriladi. 2023 yilning 2-choragida majmuaning bir qismini ishga tushirish rejalashtirilgan. Dastlab, qoplamali po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kompleksda xomashyo sifatida Rossiya kombinatlarida ishlab chiqarilgan issiq o‘ramali po‘lat mahsulotlari ishlatiladi. Kompaniyaning yana bir yirik investitsiya loyihasi bo‘lgan issiq o‘ramali po‘lat mahsulotlari o‘z ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi bilan AZIA METALL PROF aktivlari o‘z xomashyosi hisobiga ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi majmuasining quvvati yiliga qariyb 1 million tonna mahsulotni tashkil etadi, shundan 400 ming tonnaga yaqini Samarqand metallurgiya zavodiga, 200 ming tonnaga yaqini esa po‘lat quvurlar ishlab chiqarish zavodiga yetkazib beriladi, qolgan mahsulotlarni erkin bozorda sotish rejalashtirilgan. Majmua, shuningdek, po‘lat quyish elektr pechi va plitalar quyish moslamasi bilan jihozlanadi. Po‘lat eritish uchun xomashyo sifatida kompaniya ichki bozorda yetkazib berish taqchilligini hisobga olib, nafaqat ikkilamchi po‘lat qoldiqlaridan, balki IBTdan ham foydalanishni rejalashtirmoqda. Po‘lat quyish va ruxlangan metall ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish 2024 yilga mo‘ljallangan.
Ayni paytda Samarqand metallurgiya zavodi yiliga 120 ming tonna rux va polimer bilan qoplangan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada mavjud uskunalar yordamida qalinligi 0,28-1,5 mm rux bilan qoplangan va 0.28-0,67 mm qalinlikdagi yuqori sifatli polimer bilan qoplangan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.
2023 yilning ikkinchi choragida ikkinchi po‘latni rux va polimer bilan qoplash agregatlarini ishga tushirish kutilmoqda. Natijada po‘latni rux va polimer bilan qoplash zavodining ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnaga, 2023 yil oxiriga kelib esa maksimal quvvat 400 ming tonnaga yetadi.
Cayt: http://www.smz.uz/
Reklama huquqi asosida