Avariya Yevropada 1 oktyabrda boşlanadigan isitiş mavsumi va Polşadan Norvegiyaga muqobil suvosti gaz quvuri oçilişi arafasida yuz berdi. Şu bilan bir vaqtda Norvegiya hukumati dengizdagi neft-gaz qazib oliş platformalarida diversiyalar sodir etilişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Şimoliy oqim»ning Bornholm oroli atrofidagi ikkita tarmoğidan gaz sizib çiqayotgani haqida duşanba kuni keçqurun Daniya va Şvetsiya hukumatlari xabar berdi. Suvosti gaz quvurlari kamdan kam holatlarda işdan çiqişi sababli ikkita yangi quvurda birdaniga va bir vaqtning özida uçta joyda avariya yuz berişi Yevropa mamlakatlari hukumatlarida avvaliga şubha, keyin esa bu tasodif emasligiga işonç keltirib çiqardi.
«Bugun biz diversiyaga duç keldik. Tafsilotlar hozirça aniq emas, lekin diversiya bölgani aniq, bu ehtimol Ukrainadagi uruş avj olişida yangi qadam bölişi mumkin», dedi Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy.
Daniya boş vaziri Mette Frederiksen şu ruhda, lekin ehtiyotkorlik bilan söz yuritdi.
«Vaziyat juda ham ğayrioddiy. Bir-biridan unça uzoq bölmagan uçta joyda sizib çiqiş yuz berdi. Bu tasodif ekanligini tasavvur qiliş qiyin», dedi u.
Şvetsiya va Daniya seysmologlari duşanba kuni «Şimoliy oqim»dan gaz sizib çiqa boşlagan hududlarda kuçli portlaşlar sodir bölganini qayd etgan, deb xabar berdi Şvetsiyaning SVT televideniyesi.

Neft minoralari uzra dronlar
Rossiya Yevropaga gaz yetkazişni ötgan yil yozidan qisqartirgan, fevralda Ukrainaga bostirib kirganidan keyin esa Kreml oçiq gaz uruşiga ötgandi. Sentyabrda «Gazprom» «Şimoliy oqim-1»ni öçirdi va gaz yetkaziş tarixiy minimumgaça tuşib ketdi. Yevropa Rossiyani energetik qamalda ayblamoqda, Vladimir Putin esa sanksiyalar kiritgani va «Şimoliy oqim-2»ga sertifikat bermagani uçun bunga Yevropaning özi aybdor deb javob qaytarmoqda.
Yevropa Rossiyadan gaz yetkazilişi kamayişini AQŞ va Qatardan suyultirilgan tabiiy gaz sotib oliş evaziga qisman qopladi, quvur orqali esa Rossiyani siqib çiqarib, ilk bor Yevroittifoqqa eng köp gaz yetkazib beruvçiga aylangan Norvegiyadan olmoqda.















