Yiğilişda elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqariş va eksportini kengaytiriş maqsadida "Özeltexsanoat" uyuşmasi va Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga:

  • Toşkent viloyatida elektr jihozlari işlab çiqariş böyiça 58 million dollarlik 14 ta loyihani;
  • Farğona viloyatida maişiy texnika va kabel simlari işlab çiqariş böyiça 56 million dollarlik 9 ta loyihani;
  • Andijon viloyatida 34 million dollarlik maişiy texnika işlab çiqariş böyiça 8 ta loyihani işga tuşiriş topşirildi.

Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar töplamini şakllantirişga topşiriq berildi.

Kelgusi yildan boşlab Innovatsion rivojlaniş vazirligi elektronika va mikro-elektronika yönalişida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalaştiriş uçun grant ajratib borişi belgilandi.

Boş prokuratura, Bojxona va Soliq qömitalariga maişiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yöl qöymaslik ustidan nazoratni kuçaytiriş topşirildi. 

Mutasaddilarga yirik işlab çiqaruvçilar bilan birga hududlardagi kasb-hunar maktablarida maişiy texnikalarga xizmat körsatişga öqitişni yölga qöyiş topşirildi.