“Soliq xizmati xabarlari”ning yozişiça, ular quyidagilar:

«Özbekiston Qahramoni», sovet ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bölgan, uçala darajadagi «Şuhrat» ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

  • uruş nogironlari va qatnaşçilari;
  • harbiy xizmat yoki içki işlar organlaridagi va Milliy gvardiyadagi xizmat boşqa majburiyatlarini bajariş çoğida yaralangani, kontuziya yoki mayib bölgani oqibatida yoxud frontda böliş bilan boğliq kasallik tufayli halok bölgan harbiy xizmatçilar hamda içki işlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan ötmagan taqdirda beriladi;
  • energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan töliq uzib qöyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvçi şaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari örnatilgan oydan e’tiboran uç yil muddatga;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uçun ular 23 yoşga tölguniga qadar amal qiladi.

Quyidagi jismoniy şaxslar mulkida bölgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solişdan ozod qilingan:

  • 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
  • pensionerlar;
  • I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar.

Yuqorida körsatilgan şaxslar soliq imtiyozini olişga bölgan huquqini tasdiqlovçi hujjatlarni soliq soliş obekti joylaşgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravişda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdor tanloviga köra faqat 1 yaşaş uçun möljallangan köçmas mulk obektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvçi şaxslar bundan mustasno.