Suhbat davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi (XSKM) taşqi va içki infratuzilmasini taşkil etiş böyiça loyiha-smeta hujjatlarini, XSKM faoliyatini tartibga soluvçi tegişli hukumatlararo bitimni qisqa muddatda işlab çiqişga kelişildi.
Tomonlar avtomobilsozlik, fosfor va kompleks mineral öğitlar işlab çiqariş, elektrotexnika sanoatida ikki davlat hududlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş va qişloq xöjaligi sohasida özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar dori-darmonlarni röyxatdan ötkazişni soddalaştirişga va forvard şartnomalari asosida qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va yetkazib beriş böyiça birgalikda iş olib borişga kelişib oldi.
Temiryöl va avtomobil yöllari diversifikatsiyasi va ikki mamlakat örtasidagi parvozlar soni köpayişini nazarda tutib, transport va logistika sohasida ham hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari tahlil qilindi.
Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiya navbatdagi 20-yiğilişini hamda uning doirasida Toşkent şahrida 4-qöşma hududlararo forumni taşkil etiş masalalari körib çiqildi.











