Paxta terimida majburiy mehnatga yöl qöygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin. ÖzA xabar berişiça, bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ötkazayotgan selektorda aytildi.
Umrzoqov paxta terimidagi qonunbuzilişlarni tanqid qildi.
«Viloyat rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini oliş böyiça tizimli işlarni taşkil qiliş töğrisida alohida ogohlantirgan edik. Şunga qaramay paxta terimi böyiça har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, budjet taşkilotlarining oddiy xodimlaridan haşarçilarni jalb qiliş uçun pul yiğiş avjiga çiqyapti ekan.
Bu holatlardan bitta xulosa qiliş mumkin. Mazkur iş bilan şuğullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholaş mumkin.
Boş prokuratura (Niğmatilla Tölqinoviç) bunday holatlarga aloqador bölgan şaxslarni heç ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortişi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini ta’minlab berişlaringiz kerak», - dedi Sardor Umrzoqov.
Yiğilişda klasterlar tomonidan ham salbiy holatlarga yöl qöyilayotgani töğrisida köplab e’tirozlar mavjudligi aytib ötildi.
«Klasterlarga past narxda paxta sotişni xohlamagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari tomonidan bosim ötkazilayotganini qanday tuşuniş mumkin?
Şuhrat Ğaniyev, Voitov bu holatni ikki kun muddatda şaxsan örganib, xalq orasida bunday noroziliklarni keltirib çiqarişga sabab böladigan sektor rahbarlari, klasterlar böyiça taklif kiritinglar», degan prezident administratsiyasi rahbari.

















