Puldor rossiyaliklar Putin e’lon qilgan safarbarlikdan qoçiş uçun mamlakatdan xususiy samolyotlarda uçib ketişmoqda. Ular bitta joy uçun 1,2-1,5 mln rublgaça tölaşmoqda, ammo mana şunday yuqori narxda ham barça xohlovçilarga joy topilmayapti, deb yozadi The Guardian.

Your Charter kompaniyasi direktori Yevgeniy Bikov vaziyatni «mutlaq telbalik» deb atadi. Uning sözlariga köra, xususiy samolyotlarga bölgan talab kuniga 50 tadan 5 mingtagaça oşdi. Kompaniya barça xohlovçilar uçun joy topib bera olmayapti, şu sababli talabni qondiriş va narxni pasaytiriş uçun yirikroq samolyotlarni ijaraga olmoqda. Ammo muammo yana şundaki, xususiy samolyotlar bilan şuğullanuvçi Yevropa firmalari sanksiyalar tufayli Rossiya bozoridan çiqib ketgan.

Kompaniyalar öz xodimlarini olib çiqib ketiş uçun butun reysni ijaraga olgan holatlar bor. Rossiyaliklar asosan vizasiz kiriş mumkin bölgan Armaniston, Turkiya yoki Ozarboyjonga yöl olmoqda. Henley & Partners kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 2022 yil oxiriga borib millionerlarning 15 foizi uruş sababli Rossiyani tark etişi mumkin.

21 sentabrda Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan söng mamlakatning quruqlikdagi çegara punktlarida bir neça kunlik navbatlar paydo böldi. Gruziya, Qozoğiston, Möğuliston va Finlandiya bilan çegaralarda tirbandliklar yuzaga keldi. Şuningdek, rossiyaliklar yaqin kunlar uçun vizasiz mamlakatlarga barça aviaçiptalarni sotib olişdi. 25 sentabrdan aeroportlarda rossiyaliklarga çegarani kesib ötişga rad javobi beriş holatlari qayd etilmoqda. Şu kundan Rossiya FXX çegaraçilari Rossiya aeroportlarida safarbarlikka çaqiriluvçi odamlarning röyxatini olişni boşladi. 

Rossiya naşrlari yozişiça, «DXR», «LXR» va Xerson hamda Zaporijjya oblastlarida ötkazilgan referendumlar natijalari e’lon qilinganidan keyin safarbarlik yoşidagi erkaklarga Rossiyadan çiqişni çeklaş rejalaştirilmoqda. Taqiq 28 sentabr kuni joriy etilişi mumkin. 26 sentabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov çegaralar yopilişi haqida heç narsani bilmasligini aytdi, uning sözlariga köra, «hozirda bu borada heç qanday qaror qabul qilinmagan».

Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga köra, 21 sentabrdan buyon Qozoğistonning öziga 98 mingga yaqin rossiyalik ötgan, Rossiya-Gruziya çegarasidagi «Verxniy Lars» nazorat punktidan har ikki yönalişda 37 mingdan ortiq transport va 115 mingdan ortiq odam harakatlangan. Rossiya-Finlandiya çegarasini 20 mingdan ortiq rossiyalik kesib ötgan.