O‘zbekiston | 11:36 / 28.09.2022
4226
1 daqiqa o‘qiladi

Yekaterinburgdagi xorijliklarni vaqtincha saqlash muassasasida 46 nafar o‘zbekistonlik borligi ma’lum bo‘ldi

Bosh konsulxona xodimlari Yekaterinburgning xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash muassasasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Bosh konsulxona xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yekaterinburgdagi xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash muassasasida (XFVSM) bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Diplomatlar ushbu muassasada vaqtinchalik saqlanayotgan 46 nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan alohida suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida fuqarolar aksariyati Rossiyada bo‘lish tartib-qoidalarini buzgani sababli ushbu muassasaga keltirilgani ma’lum bo‘ldi.

Vatandoshlarga sud qarori asosida «Rossiyadan chiqarib yuborish» chorasi qo‘llanilganida O‘zbekistondan Rossiyaga qaytib kirib kelishdan oldin Rossiya IIV veb-sahifasi orqali ularga nisbatan ushbu mamlakatga kirish uchun qo‘yilgan cheklov muddatini aniqlash lozimligi tushuntirildi.

Fuqarolarga Sud ijrosi federal xizmati veb-sahifasi orqali Rossiyada qarzdorligi bor yoki yo‘qligini tekshirish imkoni haqida ham ma’lumot berildi.

Mavzuga oid