Yevropa komissiyasi Yevropa ittifoqi mamlakatlari uçun safarbarlikdan qoçgan rossiyaliklarni Yevropa ittifoqi hududiga qabul qiliş va ularga potensial boşpana beriş mezonlari böyiça tavsiyalar işlab çiqmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Erik Mamer 27 sentabr, seşanba kuni Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi.
Şuningdek, u boşpana oliş uçun çegaraga kelişning özi kifoya qilmasligini, boşpana sörab rasmiy ariza beriş muhimligini eslatdi. Mamerning ta’kidlaşiça, bu petitsiyalarni körib çiqiş - Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar mas’uliyatidir.
Yevropa ittifoqining taşqi çegaralariga Rossiyadan kelayotgan muhojirlar oqimi bilan boğliq hozirgi vaziyatni Yevropa komissiyasi barqaror deb atab, Rossiya-Finlandiya çegarasidagi ösiş sur’atlarini qayd etdi.
Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainada jang qilişni istamagan va şu sababli Rossiyani tark etgan rossiyaliklarga boşpana beriş istiqboliga turliça munosabatda böldi. Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan bir neça kun ötgaç, Yevropa ittifoqida uşbu toifadagi fuqarolarni Yevroittifoq hududiga qabul qilişda yagona yondaşuv böyiça texnik muhokamalar boşlandi.













