Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya qirolichasi to‘rt nabirasini shahzoda va malika unvonlaridan mahrum qildi
2023 yil 1 yanvardan boshlab ular o‘z unvonlaridan faqat Monpeza grafi va grafinyasi sifatida foydalanishlari mumkin.
Foto: AP
Daniya qirolichasi Margrete II to‘rt nafar nabirasi, shahzoda Ioahimning farzandlarini shahzoda va malika unvonlaridan mahrum qildi.
Daniya qirollik oilasining bayonot berishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab ular o‘z unvonlaridan faqat Monpeza grafi va grafinyasi sifatida foydalanishlari mumkin.
Bayonotga ko‘ra, qirolicha nabiralari o‘z hayotlarini mustaqil yo‘lga qo‘yishlarini istaydi.
Qayd etilishicha, barcha nabiralar vorislik tartibi bo‘yicha taxtni egallash navbatini saqlab qolishadi.
Qirolicha Margrete II 82 yoshda bo‘lib, u 1972 yil 14 yanvarda otasi Frederika IX vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan.
Mavzuga oid
13:56 / 21.01.2026
Tramp tahdidlari fonida Daniya Grenlandiyaga yana qo‘shimcha askar jo‘natdi
10:26 / 20.01.2026
Daniya va Grenlandiya Arktikada NATO missiyasini tuzishni taklif qildi
16:30 / 19.01.2026
Grenlandiya bilan nimalar bo‘lmoqda?
16:34 / 18.01.2026