Italiyada «postfaşistlar» ğalabasi. Putinçi qariyalarni birlaştirgan Meloni haqida nimalar ma’lum?
|03:55 / 29.09.202221 56712 min
Italiyadagi parlament saylovlarida 10 yil avval taşkil etilgan «Italiya birodarlari» partiyasi boşçiligidagi öngçilar koalitsiyasi ğolib böldi. «Italiya birodarlari» saylovda 26 foiz ovoz töpladi, partiya va koalitsiya yetakçisi Jorjia Meloni mamlakat tarixidagi ilk ayol boş vazir böliş uçun barça imkoniyatga ega.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Jorjia Meloni ikki muvaffaqiyatsizlikka uçragan koalitsiyadoşlari – Putinni qöllaşi bilan italiyaliklarni bezor qilgan Silvio Berluskoni hamda Matteo Salvini fonida ayniqsa ustun körinmoqda. Ma’lumot uçun, Silvio Berluskoni muqaddam tört marta boş vazir bölgan, Salvini esa sobiq içki işlar vaziri.
Italiya taşqarisida köpçilik hukumat tepasiga «postfaşistlar» kelişidan qörqayotgan bir vaqtda Melonining özi italiyaliklarga migrantlar siyosati va noan’anaviy qaraşlarga qarşi bölgan qorişiq siyosiy rejasini taklif etmoqda. U Italiyaning Yevropa ittifoqidagi milliy manfaatlarini himoya qilişga söz bermoqda. Heç qaçon hukumat tarkibida bölmagan bu partiya öngçilarga xos bölmagan tarzda Rossiyaga nisbatan duşmanlik kayfiyatida va Putinni tanqid qiladi.
Agar Meloni Italiya boş vaziri bölsa, öngçilar 2011 yildan buyon ilk marta hukumat tepasiga kelgan böladi. Öşanda Silvio Berluskoni oxirgi marta boş vazir bölgandi. Ammo Politico naşrining yozişiça, diktator Benito Mussolini davridan buyon Italiyada bu qadar öngçilar hukmronligi kuzatilmagan. Aniği şuki, «Italiya birodarlari» partiyasi dasturini baholaş qiyin, çunki bu partiya heç qaçon hukumat tarkibida bölmagan, muxolifat tarkibida bölgan va ğoyalarini tez-tez özgartirgan.
Partiyani «postfaşistça» va «postğoyaviy» deb ataşadi
«Italiya birodarlari» partiyasini bejiz «postfaşistça» deyişmaydi, çunki uni 2012 yilda diktator Mussolinining fanatlaridan iborat noyefaşistça «Italiya sotsial harakati» taşkiloti a’zolari tuzgan. Bu harakat ramzida Italiya bayroqlari rangidagi maş’ala tasvirlangan. Mussolinining fanatlari esa uning qabri uzra mana şunday maş’ala yonib turganiga işonadi.
Partiya yetakçilari aytişiça, ular faşizmni allaqaçon yengib ötgan. Partiyaga berilgan ta’rifdagi «post» sözi şu iddaoni ifodalaydi.
«Faşist bölsam, buni tan olgan bölardim, lekin faşist emasman», deydi Meloni intervyularidan birida. Öz navbatida, Meloni mamlakatning faşistlar yetakçilik qilgan yillarini tanqid qilişga şoşmayapti, partiyaning Mussoliniga boğlangan ramzini ham özgartirmoqçi emas. Çunki Mussolini fanatlari orasida ham obrösi kamayişini istamaydi.
Faşizmni çuqur örgangan italiyalik jurnalist Paolo Beritssining fikriça, oxirgi yillarda iqtisodiy holat yomonlaşuvi fonida Italiyada yana faşistik kayfiyat jonlana boşlagan. Jurnalistning aytişiça, odamlar öşa davrlarga qaytişni istayotgani yöq, lekin yana «öşanda unça yomon ham emasdi» deb öylay boşlagan.
Balki şu sababdandir Meloni Mussolini davri haqida deyarli gapirmaydi. U bemalol tadbirlarda diktatorning nabirasi va partiyasi a’zosi bölmiş Rakele bilan köriniş berişi, Mussolini boşçiligida 1922 yil Rimda ötkazilgan faşistlar marşi yubileyi şarafiga keçki ovqat taşkil qiladiganlarni ham tanqid qilmasligi mumkin.
Mavzuga oid
«Italiya birodarlari» partiyasiga beriladigan «postğoyaviy» ta’rifi partiya özgaruvçan hamda qorişiq qaraşlarni ilgari surişi bilan boğliq. Bu esa partiyaga konservatorça qaraşlari doirasida istagança tuslaniş imkonini beradi. Aytaylik, partiya hozirda Rossiya va noan’anaviy qaraşdagilarga qarşi çiqmoqda, lekin kerak bölsa partiya ularni qöllaşi ham heç gap emas.
Siyosatçilar fikriça, ğoyalari, qaraşlari aniq bölgan öngçilik davri ötdi. Siyosatçi Lorenso de Sio Italiyada öngçilar özlarini ança pragmatik tutişadi deb hisoblaydi. Ular öng koalitsiya içida ham partiyalarini tez-tez özgartirişlari mumkin, lekin asosan yetakçisi boşqalardan ustun bölgan partiyaga ovoz berişadi. Ular uçun asosiysi tanlangan yetakçi sölçilarni töxtata olişidir.
Italiya siyosatidagi eng katta muammolardan biri öng va söl lagerdagi juda jiddiy qutblanişdir. Ikki tomon ham hukumat tepasiga kelar ekan narigi tomon bilan murosa qiliş haqida öylamaydi.
31 yoşida vazir bölgan yetakçi
Jorjia Meloni saylovlardagi ğalabadan keyin öz partiyasining Rimdagi ştab-kvartirasida, 2022 yil 26 sentabr.
Gregorio Borgia / AP / Scanpix / LETA
«Italiya birodarlari» partiyasi muvaffaqiyatlari uçun avval öz yetakçisi Jorjia Melonidan qarzdordir. Davlat rahbari böliş uçun yoşdek körinayotgan 45 yoşli Meloni 30 yildan buyon siyosat içida qaynab keladi, uni allaqaçon tajribali siyosatçi deb ataş mumkin.
Meloni Rimda yozuvçi va işçi oilasida tuğilgan. Uning onasi Josi Bell taxallusi bilan köngiloçar romanlar yozib, 140 ta kitob çiqargan. Otasi esa oilani ança erta taşlab ketadi. 15 yoşidayoq Jorjia «Italiya sotsial harakati» nomli partiya qoşidagi neofaşistik harakat a’zoligiga kiradi. Keyinçalik harakat «Milliy alyans» nomli partiyaga aylanib, Meloni unga a’zo böladi.
U 28 yoşida parlament deputatiga aylanadi, 31 yoşida esa Silvio Berluskoni boş vazir bölganida sport va yoşlar vaziriga aylanadi. «Milliy alyans» partiyasi «Olğa Italiya» partiyasi bilan birlaşganidan keyin ultraöngçi siyosatçilarning aksari partiyadan ketdi va aynan ular «Italiya birodarlari» partiyasiga asos solişdi. Meloni 2014 yildayoq partiyaning yaqqol yetakçisiga aylandi.
Meloni faşistik ğoyalarni qöllovçi siyosatçilarga zid tarzda xuşçaqçaq, xarizmatik, jöşqin va Ukrainadagi uruş, inflatsiya va energiya inqirozidan xavotirga tuşayotgan elektorat bilan til topişa oladigan darajada kirişimlidir. Uning boşçiligidagi koalitsiya oldida mamlakat dunyoda hukm surayotgan murakkab holatdan olib çiqib ketişdan taşqari kiçik maişiy masalalar bilan ham şuğullanişi masalasi turibdi. Masalan, «Çöçqaça Peppa» multfilmi bilan kuraş masalasi. «Italiya birodarlari» partiyasi bu multfilmda ota-otasi bir jinsli bölgan ayiqça obrazi paydo bölgaç, uni taqiqlaşga çaqirgan.
Yevropa Ittifoqida Italiyada bölayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatişmoqda. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Italiyada voqealar rivoji demokratiyani tösadigan körinişda özgarsa, YeIda buni tuzatiş uçun imkoniyat yetarli ekanini aytdi. Ammo Vengriya boş vaziri Viktor Orban Italiyada bölayotgan voqealardan xursandligini yaşirmadi. Orban ançadan buyon Jorjia Melonining dösti hisoblanadi.
Fransiyalik ultraöngçi Erik Zemmur esa Şvetsiya va Italiyada ultraöngçilar yaxşi natija körsatganidan quvonib, Yevropada yangi davr boşlanayotgani haqida aytdi.
Rimning yangi triumvirati: Salvini, Berluskoni, Meloni
Hozirda Jorjia Meloni Italiya boş vaziri bölişi uçun faqatgina Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning roziligi kerak, xolos. Hukumat şakllantiriş böyiça rejalarni buziş holati prezident bilan avval ham sodir bölgan. 2018 yil Juzeppe Konte iqtisodiyot vaziri lavozimiga yevroskeptik Paolo Savon nomzodini ilgari surgani sabab prezident Mattarella hukumat şakllanişi böyiça qarorni ma’qullamagan.
Italiyada tuziladigan navbatdagi hukumat oxirgi 30 yil içidagi yigirmançisi böladi. Ya’ni koalitsion hukumat örtaça 1,5 yil hukmronlik qiladi. Dragi boşçiligidagi hukumat ham şunça vaqt işlagandi. Ammo Meloni bu tartibni ham özgartira olişi haqida gapirişmoqda. Italiya tarixida bungaça ham öngçilar hukumat tepasida qança vaqt bölişmasin albatta mamlakat siyosiy kursini özgartirişgan.
Ukrainani qöllaş va Rossiyaga qarşi sanksiyalar masalasi nima böladi?
Italiyaning endilikda sobiq boş vaziri Mario Dragi ikki qöli bilan Rossiyaga qarşi sanksiyalar va Ukrainaga yordam berişni qöllardi. Ammo endi bunday bölişi qiyin, çunki Berluskoni va Salvini Putinning döstlari. Ayniqsa Berluskoni. Bu ikki siyosatçi ham Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Putinni tanqid qilgandek bölişdi, lekin Berluskoni har zamonda Moskvada döstini xafa qilişni istamyotgandek uni maqtab qöyişni kanda qilmayapti.
Saylovlardan uç kun oldin Berluskoni dösti Putinni uruşga atrofidagilar va rus jamiyati yetaklagani, u şunçaki «Ukraina rahbariyatiga tuzuk odamlarni qöyib, tezda qöşinlarni olib çiqib ketişni istagani»ni aytdi. Bu gapi sabab şundoğam Putinni qöllaşi bilan italiyaliklarni bezor qilgan qariya yana tanqidlar ostida qoldi. Keyin esa Berluskoni uning partiyasi doim Yevropa Ittifoqi va NATO tomonda ekanini aytib çiqdi.
Saylovlardan bir hafta avval esa Berluskoni şunday deb intervyu bergandi: «Putin haqida fikrim uruş sabab özgardi. Kimdir portlatişni, tanklarni yuborişni, boşqa mamlakatga bostirib kirişni boşlasa, bu endi boşqaça masala», dedi 2015 yil Putin bilan Rossiya bosib olgan Qrimga borgan Berluskoni.
Putin va Berluskoni 2015 yilda Rossiya annexia qilgan Qrimdagi Yaltani birga aylanişgan
Meloni esa doim Rossiyani tanqid qilib keladi. U Rossiya va Xitoyni Ğarbning duşmani deb hisoblaydi, Rossiya va Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqi va NATOning pozitsiyasni qöllaydi. Meloni muxolifat tarkibida bölganida ham Rossiyaga qarşi sanksiyalarni qöllab ovoz bergan. U Putinga qarşi heç qanday simpatiya his qilmasligini aytgan.
Nega öngçilarga ovoz berişdi?
Neapollik oşxonaçi Pino de Stasio nega öngçilar ğolib bölganini şunday izohladi: «Bizni unutib qöyişdi deb öylay boşladik. Ayniqsa janubdagilarni. Odamlar dunyoga tarqala boşladi, biznes sinmoqda. Odamlar öngçilarga ovoz bermoqda, çunki ular hali hukumat boşqarişmagan (oxirgi yillar nazarda tutilmoqda), ulardan hali hafsalamiz pir bölgani yöq».
Neapol - Italiyada işlar paçava ekanining ramzi: qaşşoqlik, işsizlik, jinoyatçilik. Melonini uning saylovoldi kampaniyasidagi yakunlovçi mitingi tufayli saylaşdi
Odamlarning fikriça, köpçilikning çöntagi böşab qolgan, şu sabab italyanlar qandaydir keskin özgariş kutişmoqda.
Meloni boşçiligidagi partiyaning asosiy ustunligi ham şunda – ular Dragi boşqargan koalitsiyada yöq edi, odamlar esa bu partiyaga imkon berişga qaror qildi. Salvini va Berluskoni bölari bölgan siyosatçilar deb qaralmoqda, ammo Meloni xalq içidan çiqqan yangi yuz sifatida yetakçilikka intilmoqda. U Rimdagi işçi oilasida tuğilgan, otasiz ösgan, universitetda öqimagan, yoşligidan siyosat içida pişgan.
Italiyada nima özgarişi mumkin?
Öngçilar saylovda soliqlarni pasaytiriş, pul bilan biznes va fuqarolarni qöllab-quvvatlaşni taklif qilib kirişdi. Ularning iqtisodiy dasturi ham şundan iborat edi.
Melonining saylovdagi şiori «Xudo, Vatan, Oila» deb nomlangandi. U noan’anaviy oilaviy aloqalarni qöllamaydi, muhojirlarni yoqtirmasligini yaşirmaydi, Liviyani dengizda blokada qilişni talab qiladi va şu orqali Afrikadan keladigan muhojirlar oqimini kamaytirişga erişiş mumkin deb hisoblaydi.
Italiyaning Lampeduza orolidagi migrantlar
Öngçilarda sölça ğoyalar ham uçrab turadi. Masalan, ular bolali oilalarga beriladigan ustama miqdorini oşiriş, bolalar boğçalarida bepul örinlar taşkil etişni taklif qilişmoqda. Bundan maqsad esa tuğiliş sonini oşiriş.
Italiya hozirda butun Yevropa kabi energiya inqirozini boşdan keçirmoqda. Dragi hukumati inqirozdan çiqiş uçun 66 milliard yevro ajratgandi. Salvini bu borada yana 30 milliard yevro ajratmoqçi. Ammo bugun Italiya havas qilarli iqtisodiy holatni boşdan keçirmayapti. Mamlakat taşqi qarzi YaIMning 150 foiziga teng miqdorga yetgan. Bu esa Birinçi jahon uruşidan buyon eng yomon körsatkiçdir.
Yagona umid Yevropa Ittifoqi
Foto: EPA
Italiyadagi qiyin iqtisodiy holatdan çiqib ketiş uçun yagona umid Yevropa Ittifoqi hisoblanadi. Ittifoq Italiyaga 200 milliard yevro miqdorida turli subsidiyalar ajratişni maqsad qilgan.
YeI davlatlari orasida eng köp subsidiya oladigan davlat Italiya hisoblanadi. Meloni tuzajak hukumat bu pullarni örinli sarflab inqirozdan çiqib ketişi mumkin. Dragi vaqtida bu pullar islohotlar evaziga olinişi borasida kelişuv bölgan.