10:30 / 29.09.2022
6176

Janubiy Koreya O‘zbekistonda raqamli bank ochishni rejalashtirmoqda

Amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Janubiy Koreyaning BNK Kyongnam Bank boshqaruvi raisi Choy Xong Yong boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

BNK Kyongnam Bank rahbariyati raqamli bank xizmatlariga ixtisoslashgan shuba bank ochish orqali Janubiy Koreya bankining O‘zbekiston moliya bozoridagi ishtirokini kengaytirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Markaziy bank vakillari tomonidan O‘zbekiston amaldagi qonunchiligiga muvofiq bank ochish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

1970 yilda tashkil topgan BNK Kyongnam Bank AJ BNK Financial Group INC. moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi va Koreyadagi eng yirik moliya muassasalaridan biri hisoblanadi. 2021 yil 11 martda BNK Kyongnam Bank O‘zbekiston Markaziy banki akkreditatsiyasiga asosan mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochgan.

Top