«Rus dezertirlariga salom». Gruziyada rossiyaliklarning yangi tölqini qanday qarşilanmoqda?
|17:35 / 29.09.202228 52214 min
Gruziya - bugungi kunda rossiyaliklar tez va nisbatan arzon borişlari mumkin bölgan kamsonli mamlakatlaridan biridir. Bu ular vizasiz bir yil davomida qolişlari mumkin bölgan dunyodagi yagona mamlakatdir - Ukrainada uruş boşlanganidan buyon bu yerga yuz minglab rossiyaliklar kelgan. Vladimir Putin safarbarlik e’lon qilişi esa çegarada köp kilometrlarga çözilgan tirbandliklarni yuzaga keltirdi - şu bilan birga rossiyaliklar uçun imtiyozlarni bekor qiliş böyiça çaqiriqlarni ham.
Gruziya bilan çegaradagi ruslar / Zurab Tsersvadze / AP / Scanpix / LETAGruziya bilan çegaradagi ruslar / Zurab Tsersvadze / AP / Scanpix / LETA
«Barça putinçi-dezertirlar bilişi kerakki, Gruziyada ular uçun elarji (gruzinça taom) tortilmaydi», - ijtimoiy tarmoqlarda Tbilisi aeroportida «Rossiyalik dezertirlarga salom» sözlari yozilgan plakat bilan tuşgan surati maşhur bölgan Badri Grigalashvili öz aksiyasini şunday izohlaydi.
Gruzinlarning an’anaviy elarji taomi - pişloq qöşilgan jöxori bötqasi bölib - 2021 yilda Tbilisidagi restoranda rossiyalik teleboşlovçi Vladimir Poznerga şunday taom tortilgandi, öşanda uning taşrifi muxolifatçi faollarning namoyişlariga sabab bölgandi.
Bugungi kunda «elarji tortiş» iborasini Gruziya hukumati tanqidçilaridan tez-tez eşitiş mumkin, ular hukumatni Rossiyaga moyillik bildirişda va uni qöllab-quvvatlaşda ayblaşadi.
25 yoşli Grigalashvili «Girçi - köproq erkinlik» muxolifatçi partiyasi a’zosi bölib, uning aksiyasi ikki xil standartlar böyiça yaşovçi rossiyaliklarga qaratilgan kinoyali xabardir.
BADRI GRIGALASHVILI
«Mening noroziligim şundaki, bu odamlar bir tomondan öz mamlakatida Putin rejimini qöllaydi va Ukrainadagi uruşni oqlaydi, boşqa tomondan bu ularning öziga tahdid sola boşlaganida uruşga borişdan qörqib ketişadi, çunki ular ukrainalik bolalar qanday ölayotganini faqat televizor orqali körişni afzal körişadi», degan u.
Bugungi kunda Rossiyadagi safarbarlikdan qoçayotganlarning barçasi ham Ukrainadagi uruşni qöllab-quvvatlamaydi, ammo uşbu faolning pozitsiyasi gruzin jamiyatidagi köpçilikning xavotirlarini aks ettirgan: ular sönggi yillarda Putin boşqaruvida özini juda qulay his qilganlar öz mamlakatiga köçib kelişiga rozi emas.
Grigalaşvilining sözlariga köra, kelayotganlarning köpçiligi bir qismi Rossiya tomonidan bosib olingan mamlakatga kelganini his qilmayapti.
«Öylaymanki, gruzinlar bunday rossiyaliklarga - Putin tarafdorlariga biz bu yerda ularni gullar bilan kutib olmasligimizni anglatib qöyişi kerak. Ular har qadamida biz tomonimizdan noqulaylikni his qilişi kerak», degan u hamda özi va partiyasi - çegarani rossiyaliklar uçun töliq yopib qöyiş tarafdori emasligini qöşimça qilgan.
Gruziya uruş boşidan buyon rossiyaliklarni qabul qilib keladi, ammo aksar gruzinlar sözsiz Ukrainani qöllaydi.
Mavzuga oid
Rossiya fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Gruziya qatağonlar va Ğarb sanksiyalaridan qoçuvçi rossiyaliklar uçun eng maşhur yönalişlardan biriga aylandi.
Gruziya IIV tomonidan IDFI taşkilotiga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, mart-iyun oylarida Gruziyaga kelgan rossiyaliklarning 18 foizi mamlakatda qolişda davom etmoqda - bu qariyb 50 ming kişi degani. 2019 yilda bu körsatkiç atigi 5 foizni taşkil etgandi.
Rossiyada 21 sentabr kuni e’lon qilingan safarbarlik emigratsiyaning yangi tölqiniga olib keldi - ammo uruş boşidagidan farqli ölaroq rossiyaliklar uçun tanlov qisqargan: YeIning köplab davlatlari viza berişni çeklagan, Latviya, Litva, Estoniya va Polşa esa umuman rossiyaliklar turistik vizalar bilan öz hududiga kirişiga ruxsat bermaydi. Şu kunlarda Finlandiyada ham şunday qarorga kelişdi.
Gruziya çeklovlar kiritmagan va IIV ma’lumotiga köra, safarbarlik ortidan Rossiyadan Gruziyaga kirib keluvçilar soni qariyb ikki barobar ortdi.
«Agar ğildirakda bölsangiz, ötiş mumkin»
22 sentabr kuni, ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Rossiyadan kelayotganlar köp kilometrlik navbatlar hosil qilgani haqidagi xabarlardan keyin Gruziya Moliya vazirligi (bojxona şu vazirlikka hisob beradi) sönggi ön kunlikda keskin ösiş kuzatilmagani, çegaradan kiruvçilar va çiquvçilar soni örtasida katta farq yöqligini ma’lum qilgandi.
Vazirlik OAVni yolğon va tekşirilmagan ma’lumotlarni tarqatişdan tiyilişga çaqirgandi.
Şu kabi bayonot Moskva tomonidan ham yangradi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov öşanda Rossiyada safarbarlik e’lon qilingaç, aeroport va çegaralarda ajiotaj kuzatilayotgani haqidagi xabarlarni «haddan taşqari börttiriş» deb baholagandi.
Ammo öşa kunlarda çegaradan quruqlik orqali ötganlarning hikoyalarida buning butunlay aksi edi. Ta’tilni Gruziyada ötkazgan va Rossiyada safarbar e’lon qilingaç yana uşbu mamlakatga qaytgan rossiyalik juftlikning sözlariga köra, ular çegaradan ötiş uçun taxminan 12 soat sarflaşgan. Holbuki avvalroq ta’til uçun kelganlarida bu bir soatga yaqin vaqt olgandi.
24 sentabrga kelib Şimoliy Osetiya bojxona xizmati ötiş uçun navbatda 2500 avtomobil turgani haqida xabar berdi.
Rossiya—Gruziya çegarasidagi tirbandlikning sun’iy yöldoşdan olingan tasviri.
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
«Kazbegi-Verxniy Lars» nazorat-ötkazuv punkti - Rossiyadan Gruziyaga quruqlik orqali qonuniy ötiş uçun yagona yöl hisoblanadi. Ajralib çiqqan Abxaziya va Janubiy Osetiya orqali kirib keliş taqiqlangan - Gruziya bu hududlarni Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari deb hisoblaydi. Rossiyadan Gruziyaga töğridan töğri muntazam aviareyslar yöq, faqat uçinçi mamlakat orqali uçib keliş mumkin, aviaçiptalar narxlari esa sönggi haftada bir neça barobar qimmatlab ketdi.
Qoidaga köra Gruziya bilan çegarani piyoda holatda kesib ötiş mumkin emas (piyoda ötiş mumkinligi haqida Şimoliy Osetiya IIV faqat 27 sentabrga kelib ma’lum qildi), şu tufayli avtomobillarning adoqsiz navbatida turişni istamagan rossiyaliklar turli vositalarni işga solişdi: navbatning oldinroq qismida turgan taksilarga ötib olişdi, yoki velosipedlar sotib olişga kirişdi va hatto samokat va skeytbordlarga murojaat qilişdi.
«Agar ğildirakda bölsang, çegaradan ötiş mumkin deyişdi. Men hatto öşa yerda turgan yigitlarga ğildirakli çamadonimni ham taklif qildim», deya hazillaşadi çegaradan ötib kelgan inguşetiyalik.
U BBC muxbiri bilan suhbatda 22 sentabr kuni Gruziyaga ötişi sababi safarbarlik emasligini aytgan yagona rossiyalik böldi. Uning aytişiça, yoşi kattaligi tufayli unga çaqiruv qoğozi kelmaydi. Çegaradagi boşqa rossiyaliklarning kayfiyati esa ança tuşkun edi.
Vaqti-vaqti bilan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda quruqlik çegarasi safarbarlik yoşidagi erkaklar uçun yopilişi mumkinligi töğrisida xabarlar paydo bölib turibdi - Rossiyadan çiqiş taqiqlanişi haqida ham, Gruziyaga kiriş taqiqlanişi haqida ham.
Bu ma’lumotni na Gruziya, na Rossiya tomoni tasdiqlagan.
27 sentabr kuni Rossiya axborot agentliklari «Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punktida tez orada safarbarlik punkti paydo bölişi mumkinligi haqida yozişdi.
Viza masalasi
Rossiya-Gruziya çegarasida bölgan «Lelo dlya Gruzii» muxolif partiyasi vakili Grigol Gegeliya «Pirveli» telekanaliga bergan intervyusida u yerdagi vaziyat nazoratdan çiqib ketganini aytdi.
Uning sözlariga köra, hozirda kelayotganlar - turistlar emasligi aniq, ular safarbarlikdan qoçib kelayotganini oçiqçasiga aytişmoqda. «Bu şuni anglatadiki, Gruziyaga kelayotgan rossiyaliklar uzoq muddatli boşpana qidirişadi. Agar çegarada xolis yondaşuv va nazorat bölmasa, bu demografik va elektoral tahdidlar tuğdiradi», deydi muxolifatçi.
Aholining katta qismi rossiyaliklar uçun viza joriy etiş masalasini qöllab-quvvatlaydi, ular rossiyalik emigrantlar oqimi Rossiyaning Gruziyaga qarşi yangi tajovuziga sabab bölişi mumkin deb hisoblaydi.
Avgust oyida Rossiya va Belarus fuqarolari uçun mamlakatda uç oydan köp bölmagan muddatda qoliş huquqini beruvçi viza joriy etiş töğrisidagi navbatdagi onlayn-petitsiyani 20 mingdan ortiq kişi imzolagan.
Rossiyada safarbarlik e’lon qilingaç manifest.ge onlayn-platformasida rossiyaliklarga nisbatan çeklovlar joriy etiş talab qilingan yangi petitsiyalar paydo böldi.
Uç kun içida 2,5 mingdan oşiq ovoz töplagan petitsiyalardan birida viza joriy etiş va faqat siyosiy sabablarga köra ta’qibga uçraganlarni qabul qiliş, şuningdek, rossiyaliklar tomonidan köçmas mulk sotib olişga moratoriy va iqtisodiy faoliyat yuritişga çeklovlar örnatişni öz içiga oladi.
Ikkinçi petitsiyada rossiyaliklar uçun çegarani vaqtinça yopiş talabi aks etgan.
Gruzin hukumati esa öz muxoliflarini vaziyatni sun’iy ravişda keskinlaştirib, ruslarga nisbatan ksenofobiyani rağbatlantirişda ayblamoqda.
Viza joriy etiş masalasi hukumatparast telekanallarda deyarli muhokama qilinmayapti. Hukumat vakillari Gruziya çegarasidagi vaziyat nazorat ekani haqidagi qisqa izohlar bilan çeklanmoqda.
Masalan, adliya vaziri Rati Bregadze jurnalistlarning rossiyaliklar yoppasiga Gruziyaga oqib kelişi qançalar xavfli ekani haqidagi savoliga javoban, Xavfsizlik xizmati juda yaxşi işlayotgani va uning munosib rahbari borligini aytgan.
Hukmron partiya a’zosi bölgan deputat Irakliy Zarkua Rossiyada safarbarlik qilinganidan keyingi kunda Gruziya şu qadar «ajoyib va çiroyli» ekanidan Rossiya fuqarolari ançadan buyon çegarada navbatda turişini aytdi.
«Qonunga köra bizning xavfsizlik xizmatlarimiz filtratsiya ötkazadi va bizning manfaatlarimiz uçun nomaqbul bölganlarni aniqlab, ortga qaytarib yuboradi, şu vaqtgaça ortga qaytarişgani kabi», deya qöşimça qilgan deputat.
«Hayot yaxşilandi, keyin esa bittada barçasi özgarib ketdi»
Sönggi vaqtlarda OAVda köp bor rossiyaliklarga yoppasiga Gruziyaga kiriş rad etilayotgani haqida xabarlar berilgandi - asosan Janubiy Kavkazdagi «Svobodnaya Rossiya» fondiga asoslangan holda (Rossiyada bu taşkilot istalmaydiganlar röyxatida). Gruziya çegarasida işlayotganlar orasida taniqli jurnalistlar, blogerlar va faollar ham bor.
Rossiyada safarbarlik e’lon qilingaç vaziyat keskin özgardi - fond direktori Yegor Kuroptevning sözlariga köra, ayni vaqtda rossiyaliklar Gruziyaga kirişi rad etilayotgan holatlar deyarli yöq.
Kuroptevning aytişiça, viza joriy etiş - Gruziyaning suveren tanlovi va huquqi hisoblanadi, ammo rossiyalik faollar uçun bunday qadam jiddiy muammoga aylanadi, çunki bu ular uçun tezda yetib boriş uçun amalda yagona xavfsiz mamlakat hisoblanadi.
«Gruziya - bu xavf ostida qolgan odamlar uçun uy kabi. Köpçilik keyin Yevropaga ketadi. Agar ular faollar emas, sanksiyalar yoki boşqa nimadandir qoçayotgan Rossiyaning oddiy fuqarolari bölsa, ular keyin Rossiya Federatsiyasi bilan nisbatan yaxşi munosabatda bölgan Armaniston yoki Turkiyaga ötişi mumkin. Bunday odamlar devorlarda «Rus kemasi, daf böl» kabi yozuvlarni körişni istamaydi va boşqa joylarga, Yevropaga emas, Rossiya uçun döstona bölgan boşqa mamlakatga yöl olişadi», deydi u.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, bu yili Gruziyaga taşrif buyuruvçilar soni böyiça rossiyaliklar yetakçilik qilişmoqda.
Rossiyaliklar bu yerga faqat ta’tilni ötkaziş uçun kelmayotganini ularning bizneslarini röyxatdan ötkaziş töğrisidagi ma’lumotlar ham körsatadi.
Transparency International-Gruziya ma’lumotiga köra, rossiyaliklarning 13,5 ming kompaniyasidan qariyb yarmi Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin röyxatga olingan.
Mart oyidan iyul oyiga qadar Gruziyada 6400 ga yaqin rus kompaniyasi röyxatdan ötkazilgan, bu ötgan yil davomida röyxatdan ötkazilgan kompaniyalar sonidan yetti barobar köproq.
Taşkilotning qayd etişiça, bu kompaniyalarning 90 foizidan ortiği yakka tartibdagi korxonalar ekani ham Rossiya fuqarolarining bir qismi bu yerga yaşaş va tadbirkorlik bilan şuğullaniş maqsadida köçib kelayotganidan darak beradi.
Gruzin hukumatiga köra, safarbarlik e’lon qilingaç, çegaradan ötayotgan rossiyaliklar soni bir neça barobar oşgan.
Foto: EPA-EFE
BBC Rossiya-Gruziya çegarasida uçratgan «yangi kelayotgan» rossiyaliklar hozirça bu mamlakatda uzoq vaqt qolişni möljallamayapti, ularda kelajak va Gruziya uçun aniq rejalar yöq.
«Yangiliklarga qaraymiz, monitor qilamiz. Vaziyat özgarsagina uyga qaytamiz. Biz öz vatanimizni sevamiz. Mamlakat ulkan va keng imkoniyatlarga ega. Özimizga boğliq bölganda-ku... Ammo hukumatimiz boşqaça qaror qildi. Hayot yaxşilanib borayotgandi, ammo barçasi bittada keskin özgarib ketdi», deydi çegaradan ötiş uçun 12 soat vaqt sarflagan yoş yigit.
Keluvçilarning ayrimlari Gruziyaga birinçi bor kelişi va bu mamlakat haqida heç narsa bilmasligini aytadi. Köpçiligi Ukrainadagi uruşga munosabatini istamaygina va ehtiyotkorlik bilan bildiradi.
«Bilasizmi, hali aniq emas, lekin umuman olganda, salbiy va qarşi his-tuyğular köproq. Odamlar buni qanday boşdan keçirayotganini körib turibmiz, endi esa özimiz ham bunday keçinmalar bilan töqnaşdik. Buyuk vatan uruşi (ikkinçi jahon uruşi)da frontga yöl olganlarning hissiyotlarini tuşuna boşladik», deydi Rossiya janubidan bölgan sobiq sportçi boşqalar kabi öz ismini aytişni istamagan holda.
U siyosatga umuman qiziqmagani va hozir qöşni Ukraina bilan bölayotgan uruş kabi 2008 yilda boşlangan Rossiya-Gruziya uruşi töğrisida deyarli heç narsa bilmasligini tan oladi.