Özbekiston Boş prokurori örinbosari Şavkatjon Jörayeviç Rahimov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, u Toşkent viloyati hokimligidagi yiğilişda viloyatning yangi prokurori sifatida taniştirilgan.

Adliya katta maslahatçisi Şavkatjon Rahimov 1994 yilda Toşkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi faoliyatini Namangan viloyati Norin tumani prokuraturasi tergovçisi lavozimida boşlagan. Töraqörğon tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bölim boşliği, Boş prokuratura boşqarmasida katta prokuror, Boş prokuratura qişloq xöjaligi sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
Şavkatjon Rahimov Özbekiston 2020 yil martida Özbekiston boş prokurori örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil oktyabridan buyon Toşkent viloyati prokurori lavozimida işlab kelgan Salom Samadov 2022 yil avgustida Qaşqadaryo viloyat prokurori lavozimiga ötkazilgandi.








