Rossiyalik xonanda Alla Pugaçyova farzandlari bilan Rossiyani tark etdi. Bu haqda 29 sentabr, payşanba kuni «Pyatyy kanal» va «Izvestiya» öz manbalariga tayanib xabar berdi. «Pyatyy kanal» xabariga köra, xonandani Vnukovo aeroportida körişgan, u Isroilga uçib ketgan. Aytişlariça, u qaytiş çiptasisiz ketgan.

Bu Pugaçyovaning Rossiyadan Ukrainaga töliq miqyosli bosqin boşlanganidan beri ikkinçi marta çiqib ketişi. Uruş boşida ham u Isroilga jönab ketgandi, ammo keyinroq Moskvaga qaytdi. Sentabr oyida qöşiqçi Instagram'da Rossiya Adliya vazirligiga murojaatini e’lon qildi, unda u turmuş örtoği Maksim Galkin kabi özining ham «xorijiy agent» sifatida tan olinişini söradi.

«Sizdan meni sevimli mamlakatimning xorijiy agentlari safiga qöşişingizni sörayman, çunki men turmuş örtoğim, halol, odobli va samimiy inson, Rossiyaning haqiqiy vatanparvari bilan birdamman. U yurtimizni çetga suruvçi va fuqarolarimiz hayotini oğirlaştiradigan xayoliy maqsadlar uçun yigitlarimizning ölimiga çek qöyiş tarafdori», — deb yozdi Pugaçyova özining Instagram sahifasida.

16 sentabr kuni Rossiya Adliya vazirligi Maksim Galkinni «xorijiy agent» vazifasini bajaruvçi şaxslar röyxatiga kiritdi. Vazirlikning ta’kidlaşiça, artist siyosiy faoliyat bilan şuğullanadi va xorijiy manba - Ukrainadan yordam oladi.

Bunga javoban Galkin, u siyosiy faoliyat bilan şuğullanmagani va Ukrainadan pul olmagani, öylab topilgan bahona bilan «xorijiy agent» sifatida tan olinganini aytdi. «Men öz fikrlarimni sotmayman va birovning fikrini sotib olmayman. Men öz vijdonimni sotmayman», deb ta’kidladi u.