Angliya: «Arsenal» derbida ğalaba qozondi

Arsenal – Tottenhem – 3:1
Gollar: 1:0 – 20 Parti, 1:1 – 31, penalti Keyn, 2:1 – 49 Gabriel Jyezus, 3:1 – 67 Jaka.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinçenko (Tirni, 73), Jaka, Parti (Lokonga, 73), Edegor (Fabiu Viyeyra, 80), Saka, Gabriel Jyezus (Nketia, 80), Martinelli.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Langle (Sançes, 71), Romero, Perişiç (Bissuma, 71), Xeyberg (Skipp, 75), Bentankur, Son Xyn Min (Doerti, 72), Keyn, Rişarlison (Sessenon, 71).
Ogohlantirişlar: Saliba (78), Martinelli (85).
Çetlatiş: Emerson (62).

«Tottenhem» birinçi bölimning katta qismini öz tomonida ötkazdi. Bu «Arsenal»ning ustunlik qiliş istagi tufayli ham, Antonio Konte ikkinçi raqam ostida öynaşni xuş körişi va buni yaxşi uddalaşi tufayli ham  böldi. Onda-sonda qilingan hujumlardan birida Rişarlison yaqin masofadan zarba berdi, ammo Ramsdeyl gol bölişiga yöl qöymadi.

Partey jarima maydoni taşqarisidan yöllagan ajoyib zarbasi bilan töpni darvozaning yuqori burçagiga joylaştirganida mehmonlarning rejasi barbod bölgani ma’lum böldi. Ammo «Tottenhem» raqib hujumlarining navbatdagi tölqiniga turib berdi va qarşi hujum uyuştirdi, uning yakunida Rişarlison penalti işladi, Keyn uni aniq ijro etdi. Şu tariqa bu forvard APLda safar öyinlarida 100 gol urgan birinçi futbolçiga aylandi va London derbilarida gol uriş böyiça Terri Anrining rekordini (44) yangiladi.

Umuman olganda, öyin ança tomoşabop keçdi va «Tottenhem»ning qarşi hujumlari ham «kanonirlar»ning harakatlari kabi zavqli çiqdi. Ikkinçi bölim boşida Gabriel Jyezus jarima maydoni içida Llorisni ojiz qoldirdi - fransiyalik darvozabon Sakaning murakkab zarbasini qaytargandi, braziliyalik hujumçi qaytgan töpni darvozaga joylab qöydi.

Emerson keraksiz vaziyatda, maydon markazida Martinellini tepib, qizil kartoçka olgaç, mehmonlar yanada qiyin ahvolda qolişdi. Martinelli futbol maydonida qasd oldi va Çakaning goliga hammualliflik qildi. Şundan keyin öyin masalasi amalda hal böldi: «Arsenal» «Tottenhem» bilan oradagi farqni törttaga oşirdi va yakşanba kuni bölib ötadigan Mançester derbisida qanday natija qayd etilişidan qat’i nazar birinçi örinni saqlab qoladigan böldi.