Jo Bayden AQŞ hukumati Florida ştatiga yopirilgan "Ian" töfoni yetkazgan zararni baholayotganini ma’lum qildi.

"Biz Floridadagi mamlakat tarixidagi eng dahşatlilardan biri bölişi mumkin bölgan vayrongarçiliklar miqyosini baholaşni boşladik. Qalblarimiz mazkur böron oqibatida hayotlari vayron bölgan odamlar uçun oğrimoqda. Biz qança kerak bölsa şunça vaqt sizlar bilan birgamiz", - deb yozdi AQŞ prezidenti Twitter akkauntida.

Sönggi ma’lumotlarga köra, "Ian" töfoni oqibatida kamida 42 kişi halok bölgan, Florida ştatidagi 1,3 millionga yaqin aholi elektr ta’minotisiz qolmoqda.

Tabiiy ofat ulkan vayrongarçiliklarga sabab böldi, telekommunikatsiya tarmoqlari va aeroportlar faoliyatini izdan çiqardi. 

Ştat gubernatori Ron Desantis töfon yetkazgan zararni "tarixiy" deb atadi.