2011 yilning 19 dekabri Xorazm viloyati Xazorasp tumani içki işlar boşqarmasi tezkor xodimi Dilşod Maşaripovning hayotida qora kun sifatida muhrlangan. Boisi u xuddi şu kuni Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan işxonasidan jinoyatçilardek uşlab ketilgan.

U Kun.uz’ga bergan intervyusida söroq paytida inson zoti çidaşi muşkul bölgan şafqatsiz usullar bilan qiynoqqa solinganini aytadi.

– Öşa kuni Xazorasp tumani IIB rahbari ma’rifat soati ötkazdi. Ötgan haftada qilingan işlar böyiça mas’ullardan hisobot oldi, yangi haftadagi rejalarni belgilab berdi. Şu bilan yiğiliş tugadi, hamma öz işi bilan şuğullaniş uçun tarqaldi. Maşinamga ötirayotganimda zarur hujjatni xonamda unutib qoldirganim esimga tuşdi.

Işxonamga qaytib kirayotganimda qöriqçilardan biri meni rahbar yöqlaganini aytdi. Yölakda örinbosar va fuqaro kiyimidagi noma’lum erkak kutib oldi. Xonaga kirsam, u yerda tuman IIB rahbaridan taşqari, viloyat IIB boşliği, men bilan birga işlaydigan tezkor xodim Baxtişod Matkarimov, yana fuqaro kiyimidagi ön çoğli odam bor edi. Keyin bilsam fuqaro kiyimidagi şaxslar MXX xodimlari ekan.

Ular nima gapligini tuşuntirmasdan xonamni tintuv qilişdi. Mendan taşqariga çiqib turişni söraşgandi, bu qonunga zid talab bölgani uçun unamadim. Heç narsa topişa olmadi. Söngra tintuv ötkazgan xodimlar kim bilandir telefonlaşib, avval Baxtişod Matkarimovni, söngra mening qölimga kişan solib, qöllarimni orqaga qilib, boşimni yerga enkaytirib, xuddi jinoyatçilardek işxonamdan olib çiqib ketişdi. Nima sababdan olib ketayotganlarini ham aytişmadi.

Şaxsiy maşinamning orqa örindiğiga ötqazib, oldinda ikkitasi va ikki yonimda ikkitasi ötirib, MXX Xorazm viloyat boşqarmasiga olib ketişdi. Yöl-yölakay biqinimga muştlab borişdi. Men va hamkasbimni oldinma-ketin viloyat xavfsizlik boşqarmasi binosiga olib kirib, rahbarlariga «yana ikkita musorni olib keldik» deb xabar berişdi.

Söng qop-qoronği tergov xonasiga olib kirişdi. Xonadagi ikkita stul, bitta stol yerga sement bilan qotirib taşlangan. Örnidan qözğatib bölmaydi. Stol ustiga «Kiriş bor, çiqiş yöq. Bu kuningdan ölganing yaxşi!» deb öyib yozib qöyişgan. Söroq berayotgan şaxs stulga ötqazilgaç, qöllari zanjirlanadi, yerga qoqilgan zanjirlar qölingizni mahkam tortib turadi.