Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyadagi saylovlarda sobiq bosh vazir Borisov partiyasi yetakchilik qilmoqda
Dastlabki prognozlarga ko‘ra, sobiq bosh vazir Boyko Borisovning BeTF partiyasi 24,6-25,5 foiz ovoz to‘plamoqda. Bolgariyada so‘nggi bir yarim yil ichida to‘rtinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Bolgariyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida, dastlabki prognozlarga ko‘ra, sobiq bosh vazir Boyko Borisovning «Bolgariyaning Yevropa taraqqiyoti uchun fuqarolar» (BeTF) konservativ partiyasi yetakchilik qilmoqda. 2 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalari bo‘yicha so‘rov natijalariga ko‘ra, Borisov partiyasi 24,6 foizdan 25,5 foizgacha ovoz to‘plamoqda.
Joriy yil avgustiga qadar hukumatni boshqargan Kiril Petkovning «O‘zgarishlarni davom ettiramiz» (O‘DE) liberal harakati uchun saylovchilarning 18,9 foizdan 19,9 foizigacha ovoz berdi.
Ekspertlarning fikricha, koalitsiya muzokaralari qiyin kechishi mumkin. 2017 yilning 4 mayidan 2021 yilning 12 mayigacha Bolgariya bosh vaziri bo‘lgan Borisov ommaviy norozilik namoyishlari ortidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
Bolgariyada bir yarim yil ichida ketma-ket to‘rtinchi parlament saylovlari o‘tkazildi. Petkov hukumati olti oylik hokimiyatdan so‘ng iyun oyida to‘rt partiyadan biri koalitsiyani tark etgani va ozchilik hukumatiga ishonchsizlik votumi qabul qilinganidan so‘ng qulagan edi. Saylov kampaniyasining eng muhim mavzulari Ukrainadagi urush va gaz ta’minotidagi noaniq vaziyat bo‘ldi.