Özbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi (ITsM) direktori Şoazim Minovarov boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi Dohaga taşrifi doirasida Qatar Islom san’ati muzeyi direktori örinbosari Şayx Nosir an-Nosir va Hamad bin Xalifa universiteti Islom tadqiqotlar fakulteti dekani Rajab Şenturk bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Qatar Islom san’ati muzeyi rahbariyati bilan hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida anglaşuv memorandumini imzolaş, qölyozmalarni ta’mirlaş va raqamlaştiriş, tomonlarda mavjud bölgan nodir qölyozma va asarlar nusxalarini almaşiş, qöşma ilmiy anjumanlar ötkazişga kelişib olindi.

Özbek mutaxassislari iştirokida hamkorlikda Dohadagi muzey qoşidagi ta’lim markazida xattotlik, ganç öymakorligi va xalq hunarmandçiligining boşqa yönalişlarida mahorat darslari ötkaziş böyiça ham kelişuvga erişildi.

Tomonlar özaro hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, tadqiqotlar, öquv kurslari taşkil etiş, özaro malaka almaşiş va professor-öqituvçilar hamda talabalar almaşuvini yölga qöyiş, mutaxassislar taşriflarini amalga oşirişga kelişib oldi.

Bundan taşqari, Islom tadqiqotlar fakulteti Qatar xayriya taşkiloti bilan hamkorlikda ITsM va Özbekistondagi tegişli öquv yurtlari hamda markazlarga ular ehtiyojlaridan kelib çiqib, 30 mingdan ortiq turli adabiyotlar, öquv qöllanmalari, darsliklar va boşqa turdagi kitoblarni yetkazib beriş imkoniyati borligini bildirdi.

Rajab Şenturk «Islom moliyasi» yönalişida Dohada ötkaziladigan xalqaro anjuman töğrisida ma’lumot berib, mazkur tadbir işiga Özbekiston vakillarini taklif qildi.