Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va prezident devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak 3 oktyabr, duşanba kuni keçqurun Twitter'da amerikalik milliarder Ilon Maskning öz davlatlari va Rossiya örtasidagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş yöli haqidagi taklifiga izoh berdi. 

Xullas, Mixaylo Podolyak «yaxşiroq taklif» borligini aytdi: «Ukraina öz hududlarini, jumladan, annexia qilingan Qrimni ham ozod qilmoqda. Rossiya demilitarizatsiya va majburiy yadroviy qurolsizlanişdan ötmoqda va endi boşqalarga tahdid sola olmaydi. Uruş jinoyatçilari xalqaro tribunalga böysunadi».

Öz navbatida Volodimir Zelenskiy Twitter'dagi sahifasida «Sizga qaysi Ilon Mask köproq yoqadi?» sörovnomasini boşladi. Javob variantlari - «Ukrainani qöllab-quvvatlaydigan» va «Rossiyani qöllab-quvvatlaydigan».

Avvalroq, amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask Twitter'dagi sahifasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi mavjud vaziyat haqidagi fikr yozib, sulhga erişişning ehtimoliy yöllarini aytib ötgan edi.

Xususan, Mask, agar Qrim tahdid ostida bölsa, Rossiya aholining umumiy safarbarligini boşlaşi, bu esa «har ikki tomondan ölimlarga olib keladi», degan fikrni bildirdi. Şu bilan birga, tadbirkorning ta’kidlaşiça, Rossiya aholisi Ukrainanikidan uç baravar köp, şuning uçun «umumiy uruş» holatida Ukraina ğalaba qozonişi dargumon. «Agar Ukraina xalqi siz uçun muhim bölsa, tinçlikka erişiş yöllarini qidiring», - dedi u.

Şu bilan birga, u, uning fikriça, deeskalatsiyaga hissa qöşişi mumkin bölgan qadamlarni aytdi: Ukraina şarqida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda, BMT nazorati ostida, Rossiya tark etiş şarti bilan yangi ovoz beriş jarayonini ötkaziş. Qrimning Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinişi, «1783 yildan beri (Xruşçyovning xatosidan oldin) bölgani kabi». Qrimni çuçuk suv bilan kafolatlangan holda ta’minlaş va Ukraina uçun neytral maqom.

Mask öz mikroblogi öquvçilarini özining taklif qilgan tinçlik rejasini yoqlab yoki qarşi ovoz berişga taklif qildi va «oxir-oqibat, hammasi şunday bölişi ehtimoldan xoli emas, savol: bu vaqtgaça qança odam halok böladi?» - deb yozdi.

3 oktyabr kuni keçki payt Ilon Mask boşlagan sörovda 1,5 milliondan ortiq Twitter foydalanuvçisi qatnaşdi. Ularning 63 foizdan ortiği tadbirkor taklif qilgan rejani rad etgan.

Zelenskiy sörovida esa, ayni paytda 950 mingga yaqin foydalanuvçi qatnaşgan, ularning 84,5 foizi «Ukrainani qöllab-quvvatlovçi» Maskni köproq yoqtirişini aytgan.