Davlat bojxona qömitasi tomonidan poytaxtning Sergeli tumanidagi zavodlardan birida noqonuniy muomaladan olib qöyilgan qiymati 175 mln sömlik jami 500 ming dona sigaretani yöq qiliş tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi, deya xabar bermoqda Bojxona qömitasi axborot xizmati.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 23 iyun kuni Davlat bojxona qömitasi Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi tezkor tuzilmalari va DXX xodimlari hamkorligida Ohangaron tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan “Hyunday Porter II” rusumli yuk avtomaşinasi töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçiriladi.
Avtomaşina yukxonasida 50 dona qoğoz qutilarga joylangan 7000 kuti “Milano London”, 15000 quti “Milano Tech Lock” va 3000 quti “Milano New York” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlanadi.

Aşyoviy dalil tariqasida olingan, qiymati 175 mln sömlik, jami 25 000 quti tamaki mahsulotlari xorijda işlab çiqarilgan bölib, ular raqamli markirovka kodlariga ega bölmagan hamda aksiz markalari bilan qadoqlanmagan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, 2022 yil 6 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Ohangaron tuman sudi tomonidan uşbu tamaki mahsulotlarini yöq qiliş yuzasidan hukm öqildi.
Yöq qiliş tadbirida uşbu 25 ming quti tamaki mahsulotlari iştirokçilar guvohligida maxsus sanoat peçlarida yoqib yuborildi.

Tadbirda ma’lum qilinişiça, bojxona organlari tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida noqonuniy tamaki mahsulotlari bilan boğliq jami 269ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bölib, ular böyiça 1 mln 458 ming 736 quti tamaki mahsulotlari uşlab qolingan. Mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati esa salkam 17,8 mlrd sömni taşkil qilmoqda.
Bojxona organlari tomonidan 60dan ortiq holatda aybdor şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 186-1-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov organlariga yuborilgan.


















