Rossiyalik qöşiqçi Alla Pugaçyova «undan nafratlangan» odamlarga «qarollar edi, qulga aylandi» degan sözlar bilan murojaat qildi. Tegişli post Pugaçyovaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida 4 oktyabr, seşanba kuni e’lon qilingan.
«Xudoyim! Menga umuman yoqmagan odamlar meni yomon körişlari qanday baxt. Agar ular meni yoqtirganida, bu qöşiq aytib, behuda yaşaganimni bildirar edi. Sababi aniq. Tişlarini qayraşda davom etişsin. Qarollar edi, qulga aylanişdi», - deb yozgan Pugaçyova. U sözlari aynan kimga qaratilganiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Pugaçyova özini tanqid qilgan rejissyor Nikita Mixalkovga özining «Muhabbat quli» filmi boş qahramonining sözlari bilan javob qaytargan edi: «Janoblar, siz öz davlatingiz la’natiga uçraysiz, askar».
Sentabr oyi oxirida Kremlga yaqin hisoblanuvçi «Izvestiya» va «Pyatyy kanal» naşrlari avgust oyida Rossiyaga qaytgan Pugaçyova yana mamlakatni tark etgani haqida xabar bergan edi. Xonandaning özi, uning vakili va eri Maksim Galkin bu ma’lumotga izoh bermadi.
Mash Telegram-kanali Pugaçyovaning Rossiyaga Moskva oblastidagi uyini sotuvga qöyiş uçun kelganini iddao qildi. Şundan söng, Telegram’dagi taşviqot kanallari Moskvadagi «Ostankino» telemarkazida olingan videoni tarqatişdi, u yerda devorga «Alla, nega umuman kelding?» degan sözlar yozib qöyilgan.
Sentabr oyida Pugaçyova Rossiya Adliya vazirligidan bir kun avval «xorijiy agentlar» reyestriga kiritilgan Maksim Galkin ortidan özini ham «xorijiy agent» deb e’lon qilişni söragandi. U öz murojaatida Galkinni «Rossiyaning haqiqiy vatanparvari» deb atab, u öz mamlakatiga «tinç hayot, söz erkinligi»ni tilaşini va «yigitlarning xayoliy maqsadlar uçun ölib ketişini» xohlamasligini bildirgan. Maksim Galkin bir neça bor uruşga qarşi çiqdi, bosqin va Rossiya rahbariyatining harakatlarini qoraladi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov sentabr oyi boşida Galkin «juda yomon bayonotlar» bilan çiqqani va «u bilan yöllar har xil ekani» töğrisida ma’lum qilgandi.













