Bangladeşda 140 milliondan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qoldi. 

Ma’lum qilinişiça, bunga energiya tizimidagi nosozlik sabab bölgan. 

Avariya mamlakatning şimoli-ğarbiy regionlaridan taşqari butun hududiga ta’sir qildi. 

«Bangladeş energetikani rivojlantiriş kengaşi vakillari mamlakatning şarqiy qismida elektr ta’minotida uziliş röy berganini ma’lum qildi. Barça elektr stansiyalari faoliyati töxtadi, poytaxt Dakka va boşqa yirik şaharlar elektrsiz qoldi»,— deb xabar berdi Al jazeera. 

Yozda Bangladeşda energetika inqirozi sababli yonilği narxi rekord darajada kötarilgan va hukumatga qarşi namoyişlar bölib ötgandi.