“Oila kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Oilaviy huquqlarni amalga oşiriş va oilaviy majburiyatlarni bajariş tizimini takomillaştiriş maqsadida Oila kodeksi 10-moddasi quyidagi qoidalar bilan töldirilmoqda:
«Oilada er va xotin şaxsiy hamda mulkiy huquqlarni amalga oşiriş, içki oilaviy masalalarni hal qiliş, oilada bolalar tarbiyasi, ular farovon hayot keçirişi va kamoloti haqida ğamxörlik qiliş, öz ota-onalari haqida ğamxörlik qiliş majburiyatlarini bajaradi. Oilaviy-huquqiy munosabatlarda oila a’zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvçilar va farzandlikka olinganlar) örtasidagi huquq va majburiyatlarda tengdir».
Şaxsiy huquq va manfaatlari buzilgan oilaviy munosabatlar iştirokçilari sud orqali öz huquqlarini himoya qilişi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplaşni talab qiliş huquqi belgilanmoqda.
Yon şajara böyiça yaqin qarindoşlar örtasida nikoh tuzişni taqiqlaş nazarda tutilmoqda.
Nikoh şartnomasida nikohlanuvçi şaxslar bölğusi ota-ona sifatida bola ta’lim-tarbiyasi, ularni moddiy ta’minlaş borasidagi huquq va majburiyatlarini kiritiş belgilab qöyilmoqda.

















